Buxoro yangiliklari

Olot va Qoʻrakoʻlda favqulodda holatlar boʻyicha oʻquv mashgʻulotlari oʻtkaziladi

photo 52
Foto: Buxoro viloyati FVB

Loading

Buxoro viloyati FVB ning ma’lum qilishicha, bugun, 29-martdan boshlab 31-martga qadar Olot va Qorako‘l tumanlarida qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkaziladi.

Shuningdek, fuqarolardan mazkur o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkaziladigan hududda tashkil etiladigan shartli zilzila, yong‘in va uni bartaraf etishda jalb qilinadigan yong‘in-qutqaruv ekipajlari harakati hamda aholini evakuatsiya qilish tadbirlari vaqtida vahima qilmaslik so‘raladi.

photo 04 1

Maʼlumot uchun, qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari — O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimining barcha darajalardagi rahbarlarini va boshqaruv organlarini favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ular sodir bo‘lganda bartaraf etish ishlariga rahbarlik qilishga hamda fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlashning oliy shaklidir.

Qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari: Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida — 5 yilda bir marta uch kecha-kunduzgacha; tumanlar va shaharlarda — 3 yilda bir marta uch kecha-kunduzgacha; davlat boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlarda — 1 yilda bir marta bir kecha-kunduzgacha o‘tkaziladi.

photo 01 3

Qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarini o‘tkazishda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamda tezkor bo‘ysunadigan kuch va vositalar jalb etilishi mumkin.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.