Buxoro yangiliklari
1-maydan boshlab “vodiy – Buxoro” va “Buxoro – Urganch” muntazam aviareyslari yo‘lga qo‘yiladi
Bugun, 29-mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mamlakatimiz turizm salohiyatini jadal rivojlantirish yuzasidan videoselektor yig‘ilish o‘tkazildi.
Bu borada qabul qilingan choralar katta natijalar berishni boshlagani ta’kidlandi.
Jumladan, 2022 yilda yurtimizga tashrif buyurgan xorijiy turistlar soni 2021 yilga nisbatan 3 baravarga oshdi (5,2 million, soha eksporti – 1,6 milliard dollar).
Ichki turizm dasturlari doirasida 11,5 million, shundan 1,5 million ehtiyojmand aholi, yoshlar va keksalar sayohatlari tashkil etildi.
Samarqandda yangi turizm markazi barpo etilgani qo‘shimcha 2 million sayyoh jalb qilish imkonini berdi.
Bu yili yurtimizda Butunjahon turizm tashkilotining Bosh assambleyasi yig‘ilishini o‘tkazishga katta tayyorgarlik ko‘rilmoqda.
Bundan tashqari, Samarqand 2023-yilgi Butunjahon turizm poytaxti maqomini olgani ham bu boradagi ishlarning yuqori natijalaridan biridir.
Joriy yilda viloyat hokimlari va elchilar 7 million xorijiy va 15 million ichki sayyohlarni jalb qilish, eksportni 2,5 milliard dollarga yetkazish ustida aniq reja va majburiyat bilan ishlashlari shartligi ko‘rsatib o‘tildi.
Prezident topshirig‘iga ko‘ra, turoperator, mehmonxona, transport korxonalari, oliygohlar vakillari bilan bir necha bor uchrashilib, ularning muammolari va takliflari o‘rganildi.
O‘rganishlar ko‘rsatganidek, turistlarni faol jalb qiladigan joylar haqida kontent kam, bori ham qiziqarli emas, sayyohlarni 4-5 kun olib qoladigan turpaketlar yetishmaydi. Yo‘l chiptalarini 3-6 oy oldindan bron qilish, sotib olishda noaniqliklar juda ko‘p. Muzey, teatr, madaniyat maskanlari turizm dasturlari bilan bog‘lanmagan, ularning ishlash vaqti ham sayyohlar talabidan kelib chiqmagan.
Davlatimiz rahbari soha mutasaddilari shu va boshqa kamchiliklar bilan tizimli ishlamayotganini tanqid qildi va keskin o‘zgarish qilinishi zarur bo‘lgan yo‘nalishlarni ko‘rsatib o‘tdi.
So‘nggi yillarda 5 ta yangi xususiy aviakompaniya tashkil qilindi, aviapark 44 taga yetdi.
O‘tgan yili yangi Samarqand aeroporti “beshinchi osmon” rejimida ishlashiga o‘tgani hisobiga, haftalik aviaqatnovlar soni 46 tadan 78 taga, yo‘lovchi oqimi esa 6,5 mingdan 10 mingtaga ko‘paydi.
Lekin, ichki reyslar taqchilligi kuzatilmoqda, temir yo‘lda haftasiga 68 ta qo‘shimcha qatnovga, 350 ta yangi vagonga talab bor. Qoraqalpog‘iston, Jizzax, Namangan va Surxondaryoda sayyohlarga avtobus yetishmaydi.
Shu munosabat bilan fuqarolik aviasiyasi rahbarlariga:
– yil yakuniga qadar 20 ta qo‘shimcha zamonaviy samolyotlarni olib kelib, milliy aviasiya parkini 64 taga yetkazish;
– aviaqatnovlar sonini haftasiga hozirgi 461 tadan 700 taga yetkazib, yillik yo‘lovchi tashishni 7,5 millionga olib chiqish;
– 2023-yilning 1-mayidan boshlab vodiy – Urganch, vodiy – Termiz, vodiy – Buxoro, vodiy – Samarqand, Termiz – Nukus, Samarqand – Urganch, Buxoro – Urganch kabi yo‘nalishlar bo‘yicha muntazam aviareyslarni yo‘lga qo‘yish topshirildi. Bunda, aviabilet xarajatlarining 25 foiziga subsidiya beriladi va bunga 60 milliard so‘m ajratiladi.
Umuman, jami mahalliy reyslar soni 2 baravar oshirilib, 100 taga yetkazilishi kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.
Shuningdek, temir yo‘l va avtotransport sohasida:
1-iyungacha 34 ta zamonaviy elektrichka sotib olish bo‘yicha tenderlar yakunlanib, yil oxiriga qadar kamida 8 tasi olib kelinadi;
– 1-apreldan turoperator, mehmonxona va tashuvchilarga 10 va undan ortiq o‘rindiqli hamda ishlab chiqarilganiga 5 yildan ortiq bo‘lmagan avtotransportni olib kirishda bojxona imtiyozlari beriladi;
– 2023-yilda sayyohlik tashkilotlariga ushbu avtobuslarni olish uchun 30 million dollar kredit resurslari taklif qilinadi;
– 10-apreldan xavfsizlik choralarini ko‘rib, “Qamchiq” dovoni orqali turistik mikroavtobus (15 kishigacha), Jizzax dovoni, Chimyon va Chorvoqda turistik avtobus va mikroavtobuslar qatnovini yo‘lga qo‘yishga ruxsat beriladi.
Sayyohlik kompaniyalari, mehmonxonalarga aylanma va investitsiyani ko‘paytirish uchun qo‘shimcha 300 milliard so‘mlik kredit liniyalari ochiladi. Bu kreditlar bo‘yicha foizlarning bir qismini Tadbirkorlik jamg‘armasidan qoplash tartibi joriy qilinadi.
Yig‘ilishda xorijiy sayyohlarning O‘zbekistonda bir kun ko‘proq qolishi – yillik turizm eksportini 300 million dollarga oshirishi ta’kidlandi.
Misol uchun, bugungi kunda Xorazmda turistlarning qolish muddati – o‘rtacha 2 kun, sarflaydigan mablag‘i – $220. Xorijiy turistlar Buxoro, Samarqandga qaraganda Xorazmda 2,5 baravar kam. Lekin, Xorazmda sayyohlarni 3-4 kun olib qolish va $400-500 xarajat qilishlari uchun barcha imkoniyatlar mavjud.
Yoki, o‘tgan yili 31 ta tuman va 143 ta mahalla turizmga ixtisoslashtirib, ularda alohida soliq rejimi joriy qilindi. Bu imkoniyatdan Forish, Urgut, Xo‘jayli, Payariq, Nurota tumanlari va Angren shahri samarali foydalangan.
Na temir yo‘li bor, infratuzilmasi rivojlanmagan, chekka hududda joylashgan bu tumanlarda shuncha o‘zgarish bo‘lib, sharoiti ancha yaxshi bo‘lgan Kogon, Kitob, Xatirchi, Qiziltepa, Yangiqo‘rg‘on, Toyloq, Boysun, Parkent, Bog‘ot tumanlari bu imkoniyatlardan foydalanmayotgani tanqid qilindi.
Yig‘ilishda turizm salohiyatini oshirish bo‘yicha yangi tizim joriy qilinishi ta’kidlandi. Viloyatlar ularga biriktirilgan 11 ta oliygoh bilan hamkorlikda ishlab, turizm obyektlari to‘g‘risidagi kontentni boyitishi lozim bo‘ladi. Ular:
– 31 ta tuman va ulardagi 143 ta turizm mahallasining tarixi, yodgorliklari va turistik obyektlari kontentini yaratadi;
– ular asosida kamida 12 ta tilda turistik paketlar ishlab chiqiladi;
– turizm, iqtisodiyot, tarix, geografiya, servis, xorijiy tillar yo‘nalishlarida o‘qiyotgan talabalarning kamida 2 oylik amaliyoti shu tumanlarda tashkil etiladi;
– turizm va servis obyektlari ishchilarini o‘qitadi.
Natijaga qarab oliygoh o‘qituvchilari va talabalari rag‘batlantiriladi.
Yig‘ilishda turizm salohiyatini oshirish bo‘yicha yangi tizim joriy qilinishi ta’kidlandi. Viloyatlar ularga biriktirilgan 11 ta oliygoh bilan hamkorlikda ishlab, turizm obyektlari to‘g‘risidagi kontentni boyitishi lozim bo‘ladi. Ular:
– 31 ta tuman va ulardagi 143 ta turizm mahallasining tarixi, yodgorliklari va turistik obyektlari kontentini yaratadi;
– ular asosida kamida 12 ta tilda turistik paketlar ishlab chiqiladi;
– turizm, iqtisodiyot, tarix, geografiya, servis, xorijiy tillar yo‘nalishlarida o‘qiyotgan talabalarning kamida 2 oylik amaliyoti shu tumanlarda tashkil etiladi;
– turizm va servis obyektlari ishchilarini o‘qitadi.
Natijaga qarab oliygoh o‘qituvchilari va talabalari rag‘batlantiriladi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi