Buxoro yangiliklari
Buxoro viloyati IIB boshlig‘i uzoq “Jongeldi” mahallasi aholisi uchun iftorlik dasturxoni yozdi
Joriy yilning 28-mart kuni Buxoro viloyati IIB boshlig‘i, polkovnik Mirjamol Miralimov Buxoro shahridan 250 km uzoqda joylashgan Peshko‘ tumani tarkibidagi “Jongeldi” mahallasi aholisi muammolarini o‘rgandi.
Qayd etish kerak-ki, 753 nafar qardosh qozoq millatiga mansub yurtdoshlarimiz istiqomat qiluvchi ovul ahlining asosiy yumushi chorvachilik hisoblanadi.
Boshqarma boshlig‘i mahalla binosida mas‘ullar bilan o‘tkazgan suhbati davomida aholidan kelib tushayotgan murojaatlarni tegishli tartibda ko‘rib chiqishni tezlashtirish hamda ularga fuqarolar manfaatini hisobga olgan holda qonuniy yechim topish yuzasidan qat’iy ko‘rsatma berdi.
Polkovnik M. Miralimov shuningdek, ushbu mahallada joylashgan 32-sonli bog‘cha, 24-maktab va qishloq vrachlik punktida yaratilgan sharoitlarni ham ko‘zdan kechirdi. Bunda yoshlarning taʼlim tarbiya olishi, ovul ahlining salomatligini taʼminlash borasida mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.
Aytish joziki, yurtimizda kirib kelgan muborak Ramazon oyini milliy qadriyatlarimiz, anʼana va urf-odatlarimizga mos va hamohang tarzda o‘tkazish, xalqimizga xos mehr-oqibat, sahovat amallariga alohida eʼtibor berish, millatlararo totuvlik va bag‘rikenglikni keng targ‘ib etish anʼana tusiga kirgan.
Jumladan, Buxoro viloyati IIB boshlig‘i, polkovnik Mirjamol Miralimov boshchiligida “Jongeldi” mahallasi aholisi uchun iftorlik dasturxoni yozilgani ham fikrimizning yorqin ifodasidir.
Iftorlikda ishtirok etgan ro‘zadorlar yurtimizga tinchlik-osoyishtalik, dehqonlarimiz yetishtirayotgan mahsulotlar hosiliga baraka tilab, duo qilishdi.
Buxoro viloyati IIB boshlig‘i ish kuni yakunida “Xodimbay” tizimi asosida shu mahallada faoliyat olib borayotgan profilaktika inspektorining xizmat uyida bo‘ldi va xodimning oila a’zolari holidan xabar olib, o‘z vazifasini vijdodan bajarib kelayotgani uchun IIO zobitini alohida Tashakkurnoma bilan taqdirladi.
Buxoro viloyati 3-sektori rahbari, viloyat IIB boshlig‘i Mirjamol Miralimovning Buxorodagi o‘rganishlari davom etmoqda.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi