Buxoro yangiliklari

Olot orqali 2 mlrd so‘mlik “avtozapchast” larni noqonuniy olib o‘tmoqchi bo‘lganlar qo‘lga tushdi

photo 72
Foto: Buxoro viloyati Bojxona boshqarmasi

Loading

Xabaringiz bor bojxona organlarida 2018-yilda Xavfni boshqarish avtomatlashtirilgan tizimi joriy etilishi natijasida bojxona ko‘rigi va rasmiylashtiruviga sarflanadigan vaqt sezilarli darajada qisqarib, tadbirkorlarga eksport va import amaliyotlarida yanada qulay sharoit yaratildi.

Ammo mazkur imkoniyatlardan unumli foydalanish o‘rniga bojxona organlari tomonidan taqdim etilayotgan qulayliklardan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanishga urinayotgan “importyor” lar ham tez-tez uchramoqda deya xabar bermoqda Buxoro viloyati Bojxona boshqarmasi matbuot xizmati.

Xususan, joriy yilning 23-mart kunida Buxoro viloyatining “Olot” chegara bojxona postiga xorijiy yo‘nalishda harakatlanib, kirib kelgan yuk avtotransport vosiyasi aynan Xavfni boshqarish avtomatlashtirilgan tizimi tomonidan “qizil” yo‘lakka yo‘naltirilganligi sababli inspeksion ko‘rik majmuasi yordamida skanerdan o‘tkazildi.

Amalga oshirilgan birlamchi bojxona nazorati davomida mazkur tovarlarning rentgen tasvirlari bojxona xodimlarida shubha uyg‘otdi va ushbu yuklar bejizga “qizil”yo‘lakka yo‘naltirilmaganligini tasdiqladi. Ushbu tovarlar bojxona yuk dekloratsiyasi hamda skanerlangan tasvirlardagi tafovutga asoslangan holda tegishli tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Natijada yuk kuzatuv xujjatlarida ko‘rsatilmagan jami 20 turdagi umumiy qiymati esa, 1 mlrd 975 mln so‘mlik “Oldin foydalanishda bo‘lgan avtomobil ehtiyot qismlari” borligi o‘z tasdig‘ini topdi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.