Buxoro yangiliklari
Juma namozi va juma kuniga taalluqli odoblar haqida
Juma namozi va juma kuniga taalluqli odoblar haqida gapiradigan boʻlsak, bu odoblar o‘n beshtadir:
1. Juma namoziga payshanba kuni va juma kechasidan tozalanish, kiyimlarni yuvish va kerakli narsalarni tayyorlash orqali hozirlik ko‘rish zarur.
2. Juma kuni g‘usl qilish – yuvinish. Imom Buxoriy va Muslimning «Sahih» kitoblarida rivoyat qilingan hadislar va boshqa asarlarda kelgan xabarlarga muvofiq yuvinishning eng afzal vaqti – juma namoziga borishdan bir oz oldin g‘usl qilishdir.
3. Badanini poklab ziynat berish, tirnoqlarini olish, misvok yordamida tishlarni tozalash, yuqorida zikr etilganidek kir-iflosliklarni badandan ketkazish kabi tozalik amallarini bajarish, xushbo‘yliklar surtish va eng yaxshi kiyimlarni kiyish maqsadga muvofiq.
4. Juma namoziga erta, piyoda borish (buning iloji bo‘lsa, albatta – tarj.). Jome’ masjidiga tashqariga chiqquncha qadar unda e’tikofda bo‘lishni niyat qilish afzaldir.
5. Odamlarning yelkasi osha o‘tmaslik, namozxonlar o‘rtasida bo‘sh joy bo‘lsa, shu yerdan o‘tish odobdandir.
6. Namoz o‘qiyotganlar oldidan aslo kesib o‘tmaslik shart.
7. Birinchi safda turishga intilish maqsadga muvofiq. Agar imkon bo‘lmasa va e’tiroz eshitsa, oldingi qatoriga o‘tmaydi. Kechiksa, uzrli bo‘ladi.
8. Imom hujrasidan chiqib, minbarga yo‘nalsa, nafl namoz o‘qishni va turli zikrlarni to‘xtatish hamda muazzinga javob bilan mashg‘ul bo‘lish, so‘ngra xutbani eshitish zarur.
9. Juma namozidan keyin ikki yo to‘rt, yoki olti rakat sunnat namozi o‘qish afzal sanaladi.
10. Asr namozi ado etilgunga qadar masjidda turish. Agar shom namoziga qadar tursa, yanada afzal bo‘ladi.
11. Juma kunidagi duolar qabul bo‘ladigan muborak soatni qalb hozirligi va doimiy zikrlar bilan o‘tkazish zarur.
12. Payg‘ambarimiz alayhissalomga salavot aytishni ko‘paytirish. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam marhamat qildilar: “Kim juma kunida menga sakson marta salavot aytsa, Alloh taolo uning sakson yillik gunohlarini (sag‘iralarini) afv etur” (zaif hadis bo‘lib, uni Daylamiy «Musnad»ida keltirgan). Bunga istig‘for aytishni ham qo‘shish mumkin, zero bu kunda istig‘for aytish mustahabdir.
13. Kahf surasini o‘qish.
14. Imkon boricha juma kuni xayr-ehson va sadaqalar berish. Sadaqa-ehsonni masjid tashqarisida tarqatish kerak. Juma kuni “Tasbeh” namozini ado etish mustahab (Hofiz Abul Hasan Maqdisiy va boshqalar bu haqdagi hadisni sahihga hukm etishgan).
15. Juma kunida oxirat amallari bilan mashg‘ul bo‘lib dunyo ishlaridan xoli bo‘lish ham mustahab amaldir.
Foydalanilgan adabiyot: “Minhojul qosidin” kitobi.
Manba: Mir Arab oliy madrasasi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi