Jahon
AQSh sobiq prezidenti Donald Trampga qarshi jinoiy ish ochildi
Tergov materiallariga ko‘ra, milliarder Amerikadagi porno janridagi filmlar yulduzi Stormi Danielsga ishqiy munosabatlarini sir tutishi uchun pul to‘lagan deb taxmin qilinmoqda.
Manxetten okrugidagi katta hakamlar hay’ati 2023-yilning 30-mart kuni Donald Trampga jinoiy ish bo‘yicha ayblov e’lon qilish uchun ovoz berdi.
Prokurorlar siyosatchini qo‘lga olish vaqtini kelishish uchun sobiq prezidentning advokatlari bilan bog‘langan. Trampning himoyachilari aytishicha, bu keyingi hafta sodir bo‘lishi mumkin. U qo‘lga olinib, suratga tushirilishi, shuningdek, undan barmoq izlari olinishi kutilmoqda, shundan so‘ng sudya unga nisbatan qanday ehtiyot chorasi belgilash haqida qaror qabul qiladi. Bu AQSh tarixida birinchi marta mamlakatning sobiq prezidentiga jinoiy ayblov qo‘yilishidir.
Trampning hashamatli uyi joylashgan Florida shtati gubernatori Ron DeSantisning aytishicha, agar Nyu-York prokurorlari tomonidan ekstraditsiya so‘rovi yuborilsa, shtat unga javob qaytarmaydi.
Ayblov tafsilotlari esa prokurorning qarori bilan bir necha kundan so‘ng e’lon qilinadi.
Jurnalistlar so‘roviga javoban Donald Tramp unga qarshi ochilgan ishni siyosiy tusga ega deya izohladi. CNN telekanali ish bilan tanish bo‘lgan ikki manbaga tayanib, sobiq prezidentga qarshi ishda 30 dan ortiq firibgarlik ayblovlari ham borligini yozmoqda.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi