Buxoro yangiliklari

AT Xalq bankining Gala Osiyo filiali sobiq buxgalteri pensionerlar nomiga 60 mln so‘mdan ortiq kredit olib, “yeb yuborgan”

photo 36
Foto: AT Xalq banki

Loading

AT Xalq bankining Gala Osiyo filialining buxgalter-nazoratchisi lavozimida ishlagan F. Sh. 2019–2022-yillar davomida 4 nafar fuqaro – J. J., H. A., S. S. va N. O‘. larni aldab, ularning nomiga jami 61,7 mln so‘mlik kredit mablag‘larini ajratilishiga erishib, kredit mablag‘larini o‘z shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan. Bu haqda Buxoro viloyati IIB xabar bermoqda.

Ta’kidlash kerakki, 29 yoshli F. Sh. AT Xalq bankining Gala Osiyo filialida 2017-yildan 2022-yil (oktabr oyi) ga qadar pensiya va nafaqa tarqatish bo‘limida ishlagan bo‘lib, Shofirkon tumanining “Jo‘sho‘ra” mahallasida ro‘yxatda turadi.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK ning 168-moddasi, 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.