Texnologiyalar
my.gov.uz orqali SIM-karta olish imkoniyati yaratildi
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali Uztelecom (Uzmobile brendi) mobil aloqa tarmogʻiga onlayn ulanish va raqamni yetkazish xizmati ishga tushirildi.
Endi mobil aloqa tarmogʻiga ulanib, SIM-karta olish uchun dillerlik ofislarini izlab yurishga hojat qolmadi.
Shunchaki, uydan chiqmasdan turib:
1. my.gov.uz portalida roʻyxatdan oʻtish;
2. “Uztelecom mobil aloqa tarmogʻiga ulanish xizmati” ni tanlash;
3. Manzil maʼlumotlarini kiritish;
4. Ulanish turi, SIM-kartani yetkazib berish, tarif rejasi va oʻzingizga maʼqul kelgan raqamni tanlash, shuningdek, toʻlovni ham onlayn amalga oshirish mumkin boʻldi.
Bunda SIM-karta fuqaro koʻrsatgan manzilga Uztelecom tomonidan dastlabki toʻlov amalga oshirilgan vaqtdan boshlab 24 soatdan 5 ish kunigacha muddatda yetkazib beriladi.
Agar ulanish turida eSIM texnologiyasi tanlansa, uni faollashtirish uchun QR-kod shakllantiriladi va eSIM dastlabki avans toʻlovi amalga oshirilgan vaqtdan boshlab, 24 soat ichida yuboriladi.
Xizmat narxi: tanlangan raqam, tarif reja va ulanish turiga bogʻliq.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi