Buxoro yangiliklari
Buxoro shahridagi Hojatbaror masjidi yonida bemor erkakning rasmini koʻrsatib, oʻzini uning rafiqasi deya tanishtirib, tilanchilik qilgan ayol qoʻlga tushdi
Kuni kecha “Istiqlol TV” teleradiokanalida “Buxoroda begona erkakni o‘zini eri deb tilanchilik bilan shug‘ullanib kelgan firibgar ayol qo‘lga olindi” sarlavhasi ostida videolavha efirga uzatildi.
Mazkur video lavha Buxoro shahar IIO FMB da tegishli tartibda qayddan o‘tkazilib, kechiktirib bo‘lmas tezkor surishtiruv harakatlari olib borildi.Aniqlanishicha, 1985-yilda tug‘ilgan, Romitan tumani “Bog‘isaydon” mahallasida yashovchi X. S. ismli ayol shu tumanning “Hofizrabot” mahallasida yashovchi, 1985-yilda tug‘ilgan boshqa bir A. N. ismli erkakning xastalanib yotgani aks etgan rasmini ijtimoiy tarmoqlardan ko‘chirib olib, “Mening turmush o‘rtog‘im og‘ir betob, jigar serrozi kasalligiga chalingan”, – deya Buxoro shahridagi “Abu Xafs Kabir” (Hojatbaror) jo’me masjidiga kirish joyida ziyoratga kelgan fuqarolardan pul olib, tilanchilik qilib kelgan.
Hozirgi kunda mazkur holat yuzasidan Buxoro viloyati IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.Tekshiruv yakuni bo‘yicha qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlik masalalari hal etiladi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi