Buxoro yangiliklari

Qorako‘lda maktab direktori pora bilan qo‘lga tushdi

photo 62
Foto: YouTube

Loading

Bu haqda har doimgidek, Buxoro IIB xabar berdi.

Maʼlumot berilishicha, kuni kecha Qorako‘l tumanidagi umumta’lim maktablaridan birining rahbari boʻlgan J. F. o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, boshqa fuqarolar B. M. ismli erkakni maktab qoruvuli, N. S. ismli ayolni farrosh vazifasiga ishga qabul qilganligi evaziga ushbu maktab xo‘jalik ishlari bo‘yicha mudirasi X. G. orqali ularning bir oylik maoshlari miqdoriga teng kimyoviy ishlov berilgan 900 000 so‘m pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, viloyat IIB tarqatgan xabarga koʻra, maktab direktori shu tumanning “Xo‘jakon” mahallasida yashovchi 58 yoshli fuqaro hisoblanadi.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 210-moddasi, 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.