Buxoro yangiliklari

“Samarkandskiy” dagi ustaxonada gaz balloni portladi, jabrlanganlarning ahvoli og‘ir

photo
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

Bugun, 28-aprel kuni soat 16:15 larda viloyat FVB ga Buxoro shahridagi “Sobir Rahimov” MFY, Ibn Sino ko‘chasi yo‘li yoqasida joylashgan “Sharof gaz servis” MChJ ga qarashli avtomobillarga gaz ballonlarini o‘rnatish va texnik xizmat ko‘rsatish ustaxonasida gaz balloni yorilganligi to‘g‘risida xabar kelib tushadi.

Shu zahoti voqea joyiga FVB ga qarashli 2 ta yong‘in-qutqaruv avtoekipajlari jalb qilinadi. Shifokorlarning dastlabki tashxisiga ko‘ra, fuqarolar 38 yoshli S. Sh. va 37 yoshli K. Sh. tanasining ⁓95% kuyish tan jarohati olib, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filialiga yotqizilgan. Ayni damda ularning ahvoli og‘ir.

photo 02 25

photo 03 8

Aniqlanishicha, mazkur xizmat ko‘rsatish ustaxonasida hajmi 50 litrli suyultirilgan maishiy gaz ballonini ta’mirlash jarayonida gaz balloni yorilib, ustaxonaning eshik va derazalarining sinib, shikastlanishiga olib kelgan.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.