O‘zbekiston
Hindistonda ishlab chiqarilgan va tarkibida seftriakson bo‘lgan “Susef” preparati xavfli ekanligi aytilmoqda. Bu qanchalik to‘g‘ri?
Internet tarmog‘ida Hindistonda ishlab chiqarilgan yana bir dori vositasi “Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi” ning 2023-yilning 30-martdagi 235-raqamli xulosasiga ko‘ra, xavfli deb topilganligi haqida xabarlar tarqalmoqda.
Xabarga ko‘ra, gap “Nectar Lifesciences Limited” (Hindiston) tomonidan ishlab chiqarilgan “Susef” (Setfriakson 1000/sulbaktam 500) preparati haqida ketyapti. U sarg‘ish tusga ega oq kukun ko‘rinishda 1,5 gr flakonda ishlab chiqarilgan bo‘lib, “Farmatseftika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi” ga tahlil uchun O‘zbekistondagi distribyuter firma – “ATM Sanita Pharm” MChJ QK tomonidan preparatning 103 flakoni taqdim qilingan.
Unda aytilishicha, olib borilgan tekshiruv natijalariga ko‘ra, mazkur vosita qo‘llash yo‘riqnomasida preparat nomi xato ko‘rsatilgan, uning matni esa qalbakilashtirilgan.
Barcha yurtdoshlarimizga Hindistonning “Nectar Lifesciences Limited” firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan “Susef” (Setfriakson 1000/sulbaktam 500) preparatini sotib olishda ehtirot bo‘lishni so‘raymiz.
Diqqat! Xabar rasman tasdiqlanmagan, keltirilgan xulosaning haqiqiyligi isbotlanmagan.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi