Buxoro yangiliklari

G‘ijduvonda bangixona egasi ushlandi

photo
Foto: Buxoroisharif.uz (Illyustrativ rasm)

Loading

IIB Jinoyat-qidiruv bo‘limi xodimlari joriy yilning yil 1-may kuni soat 18:00 lar atrofida G‘ijduvon tumanida tezkor tadbir o‘tkazishdi. Bu haqda Buxoro viloyati IIB xabar qilmoqda.

Unda tumandagi 27 yoshli K. M. “Todon” mahallasida joylashgan o‘z uyida tanishlari A. Sh. va A. A.lar bilan birgalikda “Marixuana” giyohvandlik moddasini isteʼmol qilishganlik holati aniqlandi.

Qayt etish kerakki, uy egasi bo‘lgan K. M. shu tumanning boshqa mahallasi – “Gulistonobod” MFY da yashab kelgan. IIB ma’lumotlariga asosan, u nisbatan giyohvandlik vositasini guruh bo‘lib isteʼmol qilish uchun sharoit yaratib berganlik hamda bangixona saqlash jinoyatini sodir etgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 273-moddasi 4-qismi bilan ish qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.