Buxoro yangiliklari

Buxoroda IIB xodimi xizmat avtomashinasida yo‘lda xavfli vaziyat yuzaga keltirgani uchun jazolandi — video

photo
Foto: Buxoro viloyati IIB

Loading

Joriy yilning 2-may kuni Telegramdagi “UDDU CHANNEL” kanalida Buxoroda IIB xodimi xizmat avtomashinasida yo‘l harakati qoidalarini buzib, xavfli vaziyat yuzaga kelishiga sababchi bo‘lganligi aks etga videoni tarqaldi. Mazkur holat bo‘yicha rasmiy axborot berildi.

Mazkur holat Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi masʼul xodimlari tomonidan o‘rganilib, viloyati IIB JXX PPX batalyoniga xizmatda foydalanish uchun berilgan 792 VSF avtomashina haydovchisi safdor H. H. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 128/4-moddasi 2-qismi bilan bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Hurmatli fuqarolar hamda ijtimoiy tarmoq kuzatuvchilari! Shu o‘rinda eslatib o‘tmoqchimiz, har qanday qoidabuzarlik uchun javobgarlik muqarrar. Shu sababli ham barcha haydovchilardan qoidalarga qatʼiy rioya qilishlarini so‘raymiz.

Qonun hamda boshqa normativ hujjatlarda belgilab berilgan istisno holatlardan tashqari hech kimga imtiyoz berilmaydi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.