Hodisalar
Namanganda institut talabasi sobiq eri tomonidan pichoqlandi — video (18+)
Joriy yilning yil 6-may kuni soat 12:00 larda Toʻraqoʻrgʻon tumanida yashovchi 26 yoshli fuqaro Namangan davlat pedagogika instituti binosi oldida oilaviy kelishmovchilik sababli, oʻzining 23 yoshli sobiq turmush oʻrtogʻi bilan janjallashib, uni pichoq bilan urib, oʻlimiga sababchi boʻlgan.
So‘ng, u o‘ziga bir necha marotaba pichoq bilan jarohat yetkazib, o‘z joniga suiqasd qilgan.
Shu vaqtda, voqea joyida bo‘lgan fuqarolar tomonidan o‘z joniga suiqasd qilgan erkak shifoxonaga hushsiz holatda olib borilgan.
Aniqlanishicha, ushbu jinoyatni sodir qilgan shaxs turmush o‘rtog‘i bilan 2022-yilning yanvar oyidan buyon o‘zaro oilaviy janjal sababli ajrashib, birga yashamasdan kelgan.
Shundan so‘ng, u turmush o‘rtog‘ini o‘zi bilan birga yashashga majbur qilib, asossiz rashq qilib kelgan holda bir necha marotaba janjallashib yurgan
Mazkur holat yuzasidan Namangan shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, gumon qilinuvchi protsessual tartibda ushlangan va hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi