Buxoro yangiliklari

Buxoro viloyati prokuraturasida bir qator tayinlovlar amalga oshirildi

photo
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokurorining buyrug‘iga asosan, Niyozov Sur’atbek Komil o‘g‘li (fotoda tepa qatordan chapdan birinchi) Buxoro viloyati prokuraturasi uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

S. Niyozov ushbu lavozimga tayinlangunga qadar Buxoro shahar prokurorining o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyrug‘iga asosan, Berdiyev Rustam Sanatovich (fotoda tepa qatordan chapdan ikkinchi) Buxoro viloyati prokurorining Davlat xavfsizlik xizmati va bojxona organlarida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat bo‘yicha katta yordamchisi lavozimiga tayinlandi.

R. Berdiyev ushbu lavozimga tayinlangunga qadar Buxoro viloyati prokuraturasi uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyrug‘iga asosan, Muxsinov Sharif Muxamedovich (fotoda tepa qatordan chapdan uchinchi) Buxoro viloyati prokurorining iqtisodiy sud ishlarini yuritishda prokuror vakolatini ta’minlash bo‘yicha katta yordamchisi lavozimiga tayinlandi.

Sh. Muxsinov ushbu lavozimga tayinlangunga qadar Buxoro viloyati prokurorining Davlat xavfsizlik xizmati va bojxona organlarida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat bo‘yicha katta yordamchi lavozimida ishlagan.

Shuningdek, viloyat prokurorining buyrug‘iga asosan, Temirov Karim Bozorovich (fotoda tepa qatordan chapdan birinchi) Vobkent tumani prokurorining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

K. Bozorov ushbu lavozimga tayinlangunga qadar Buxoro viloyati prokurorining iqtisodiy sud ishlarini yuritishda prokuror vakolatini ta’minlash bo‘yicha katta yordamchisi lavozimida ishlagan.

Bundan tashqari, viloyat prokurorining buyrug‘iga asosan, Andayev Yaxyo Junaydilloyevich (fotoda pastki qatordan chapdan ikkinchi) Buxoro viloyati prokuraturasi ichki ishlar organlarida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Y. Andayev ushbu lavozimga tayinlangunga qadar Vobkent tumani prokurorining o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Bundan tashqari, viloyat prokurorining buyrug‘iga asosan, Davronov Anvar Aminovich (fotoda pastki qatordan chapdan uchinchi) Buxoro shahar prokurorining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

A. Davronov ushbu lavozimga tayinlangunga qadar Buxoro viloyati prokuraturasi ichki ishlar organlarida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.