Buxoro yangiliklari
Jondorda “GAI” xodimi nega harakatlanayotgan traktorga chiqdi? – video
Bundan bir necha kun oldin Buxoroda ichki ishlar xodimi yoʻlda harakatlanib ketayotgan traktor ustiga chiqib, uni toʻxtatmoqchi boʻlgani va bunga atrofdagi odamlar yordami bilan erishgani aks etgan video tarqaldi va keng jamoatchilik muhokamasiga tushdi.
Tahririyatimiz bu haqda batafsil maʼlumot toʻpladi.
Mazkur voqea joriy yilning 20-may kuni soat 10:09 larda IIB ning 102 raqamiga Jondor tumani, Bolun qishlog‘ida yashovchi K. G. ismli ayol tomonidan notanish fuqaro unga tegajogʻlik qilayotganligi to‘g‘risida xabar berganidan boshlangan.
Shundan soʻng profilaktika inspektori voqea joyiga zudlik bilan yetib borganida, murojaat qilgan ayol va tegajogʻlik qilgan fuqaroni koʻrib qoladi. Xodim ayolga tegajogʻlik qilgan ushbu fuqaroning shaxsiga oydinlik kiritishga erishadi hamda uning Buxoro tumanidagi “Podshohi” mahallasida yashovchi, 51 yoshli M. R. ekanligini aniqlaydi.Inspektor shuningdek, uni spirtli ichimlik isteʼmol qilganligini gumon qiladi. M. R. esa bunday vaziyatda o‘zining TTZ-100 rusumli traktorini ogohlantirishlarga qaramasdan haydab ketadi.
Xususan, xodim M. R. ning mast holda traktorni boshqarishi yo‘l harakati ishtirokchilari uchun xavf tug‘dirishi mumkinligini aytib, uning transport vositasini boshqarishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida traktorning kabinaga chiqish zinasiga turib olib, o‘zining qonuniy talablarini qo‘yadi.Bi necha daqiqa oʻtib, ushbu fuqaro boshqaruvidagi traktor to‘xtatilib, yordamga chaqirilgan viloyat IIB YHXB xodimlari tomonidan tekshiruv o‘tkazilganda, traktor haydovchisi spirtli ichimlik ichgan mastlik holatida ekanligi o‘z tasdig‘ini topib, unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksning 131-moddasi (transport vositasini mast holda boshqarish) bilan bayonnoma rasmiylashtirilib, traktor vaqtinchalik saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirilgan.
Buxoro viloyati IIB axborot xizmatining qoʻshimcha qilishicha, hozirda fuqaro M. R. ning harakatlarida Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksning 194-moddasida ko‘rsatilgan huquqbuzarlik (IIO xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) alomatlari mavjud yoki mavjud emasligi yuzasidan tuman IIB xodimlari tomonidan qo‘shimcha surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eʼtiborlisi, ushbu fuqaro bilan IIO xodimi o‘rtasida bo‘lib o‘tgan holat vaqtida xodim xizmat kiyimida, hushyor holatda, belgilangan tartibda o‘z xizmat vazifalarini olib borgan.
Ushbu holat Buxoro viloyati IIB masʼullari tomonidan oʻrganildi va xodimlar tomonidan xizmat intizomi va qonun buzilish holatlariga yo‘l qo‘yilmagan dgan xulosaga kelingan.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi