Buxoro yangiliklari

“Buxoro” futbol klubi afrikalik futbolchini O‘zbekistonga chaqirib, so‘ngra “uxlatdi” (—mi?)

photo
Foto: Effect.uz

Loading

Kuni kecha internetda G‘arbiy Afrika qit’asida joylashgan Kot-dʼIvuar fuqarosi Vamara Diarrassouba ismli futbolchini “Buxoro” PFK rahbariyati O‘zbekisonga taklif qilgani va u bilan shartnoma imzolashga kelishi olganligi, lekin klub mas’ullari uni kutib olmaganlari haqidagi xabarlar tarqaldi.

Qolaversa, boshqa davlatdan kelgan ushbu fuqaro bilan hech kim aloqaga chiqmayotgani sababli, 2 kundan buyon Toshkent xalqaro aeroportida tunashga majbur bo‘layotgani iddao qilingan.

Uning qo‘lida esa “Buxoro” professional klubining sobiq rahbari Muhsin Muhammadiyev nomi bilan imzolangan xat turibdi. Hujjatda 2023-yilning 4-may sanasi ko‘rsatilgan. M. Muhammadiyev esa 3 yil avval klub rahbarligidan ketgan. Shuningdek, mazkur “taklifnoma” da bir nechta jiddiy imloviy xatolar ham mavjud.

Futbol klubidan olingan ma’lumotlar ham xatning soxta ekanligini anglatmoqda.

“Ushbu chet el fuqarosini futbolchi sifatida (rasmda Kot-dʼIvuar Respublikasi passporti) Buxoro futbol klubi taklif etgani haqiqatga yaqin emas. Rasmda ko’rsatilgan taklif qog’ozi «Buxoro» PFKga taaluqli emas, ya’ni soxta hisoblanadi”, – deyiladi klubning rasmiy bayonotida.

Aniqlanishicha, g’arbiy afrikalik 17 yoshli futbolchi $5 800 ga yaqin pullarini “Buxoro” nomidan taklif etgan firibgarlar hisobiga oʻtkazib bergan ekan.

Ayni damda esa Vamara Diarrassouba poytaxt Toshkentdagi mehmonxonalarning biriga joylashtirilgan.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.