Buxoro yangiliklari

Buxoroda cho‘lda adashib qolib, holsiz holda yotgan jayron bolasi asrab qolindi

photo
Foto: Tabiat resurslari vazirligi

Loading

Buxoro viloyatining Qorovulbozor tumani “Bo‘zachi” MFY Janubiy kemachi hududidan cho‘lda adashib qolgan bir bosh jayron bolasi asrab qolindi. Bu haqda Tabiat resurslari vazirligi Buxoro viloyati boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Muborakneftgaz “Medline” MChJ xodimlari tomonidan jayron bolasi holsiz holda yotganligi yuzasidan Qorovulbozor tuman inspeksiyasiga xabar kelib tushdi.

Xabarni olgan tuman inspeksiyasi hamda Jayron pitomnigi xodimlari murojaat kelib tushgan manzilga zudlik bilan borib, jayron bolasini olishgan.

Ayni paytda jayron bolasi Buxoro ixtisoslashtirilgan Jayron pitomnigiga topshirildi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.