Buxoro yangiliklari

Shavkat Mirziyoyev buxorolik saylovchilar bilan uchrashmoqda. Dastur taqdimoti bilan tanishing

photo
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

O‘z saylovoldi dasturi bilan buxorolik saylovchilarni tanishtirish maqsadida viloyatga kelgan Shavkat Mirziyoyev tashrifni Bahouddin Naqshband ziyoratgohini ziyorat qilishdan boshladi.

photo 03

Shundan so‘ng Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyevning buxorolik saylovchilar bilan uchrashuvi boshlandi.

Uchrashuvda nomzod saylovchilarni o‘zining saylovoldi dasturi bilan tanishtirmoqda.

Kelgusi 7 yilda Buxoroda 1,5 mingdan ziyod ko‘p qavatli uylar qurilib, 60 ming oila shinam uy-joyga ega bo‘ladi — Shavkat Mirziyoyev

O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev buxorolik saylovchilar bilan uchrashuv chog‘ida aholiga qulay turmush sharoiti yaratishga oid rejalar haqida to‘xtaldi.

“Jumladan, kelgusi yetti yilda:

– 1,5 mingdan ziyod ko‘p qavatli uylar qurilib, 60 ming oila shinam uy-joyga ega bo‘ladi;

– viloyatda 7 ming kilometr yo‘llar, jumladan, 3,5 ming kilometr ichki yo‘llar va 300 dan ziyod ko‘priklar ta’mirlanadi;

– 1 million 200 ming aholi uchun ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash maqsadida, 5 ming kilometr yangi tarmoq va 84 ta suv inshooti barpo etiladi. Natijada, Buxoroda markazlashgan ichimlik suvi bo‘yicha qamrov 77 foizdan 95 foizga yetkaziladi;

– tuman va shahar markazlarida 1 ming 200 kilometr kanalizatsiya tarmoqlari va 150 ta oqova suv tozalash inshootlari quriladi. Shu orqali, 600 mingdan ziyod aholi ilk bor kanalizatsiya xizmatiga ulanib, viloyatda qamrov darajasi hozirgi 9 foizdan 40 foizga oshiriladi;

– mahallalarda 10 ming kilometr elektr tarmoqlari qurilib, 1 mingta transformator yangilanadi”, – dedi nomzod.

Murakkab operatsiyaga muhtoj, tug‘ma yurak nuqsoni bor 1 ming nafardan ortiq bolalarni davlat hisobidan davolash tashkil etiladi — Shavkat Mirziyoyev

“Buxoroda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirish bo‘yicha ham aniq rejalarimiz bor.
Shu maqsadda, 2030 yilga qadar mahallalarda 50 ta yangi oilaviy poliklinika va shifokor punkti qurilib, 200 tasi to‘liq ta’mirlanadi.

Murakkab operatsiyaga muhtoj, tug‘ma yurak nuqsoni bor 1 ming nafardan ortiq bolalarni davlat hisobidan davolash tashkil etiladi. Bu ishlarga Buxoro uchun yiliga 30 milliard so‘mdan ajratamiz.

Shuningdek, Buxoroda Xalqaro xalq tabobati markazi va Farmatsevtika klasteri tashkil qilinadi. Buning uchun, 50 million dollar investitsiya jalb qilamiz”, – dedi nomzod.

Birlashgan Arab Amirliklari va Saudiya Arabistonidagi investorlar bilan hamkorlikda 2 ta shamol va 3 ta quyosh elektr stansiyasi barpo etiladi

Bu haqda prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev buxorolik saylovchilar bilan uchrashuvda ma’lum qildi.

“Ularda yiliga 10 milliard kilovatt soat yoki viloyat ehtiyojidan ikki marta ko‘p elektr energiyasi ishlab chiqariladi.

Umuman, kelgusi yetti yilda umumiy qiymati 17 milliard dollarlik 8 mingta sanoat loyihalari amalga oshiriladi va 120 mingta yangi ish o‘rni yaratiladi”, – dedi nomzod.

Buxorodagi har bir mahallada chiqindi yig‘ish shoxobchalari quriladi — Shavkat Mirziyoyev

“Yana bir masala – ekologiyani asrash va maishiy chiqindilar bilan ishlash bo‘yicha Buxoro tajribasini yaratamiz.

Kelgusi yetti yilda viloyatdagi 15 ta qattiq maishiy chiqindi poligoni yopilib, 6 tasi modernizatsiya qilinadi.
Viloyatga 200 ta zamonaviy chiqindi tashish texnikalari xarid qilinadi, har bir mahallada chiqindi yig‘ish shoxobchalari quriladi.

Cho‘l hududlardagi qum ko‘chishining oldini olish maqsadida, 20 million tup saksovul va boshqa buta ko‘chatlari ekiladi.

Umuman, Buxoro viloyatini birinchilar qatorida “ekologik toza, chiqindisiz hudud”ga aylantirish bo‘yicha katta harakatni boshlasak, o‘ylaymanki, buni butun viloyat ahli qo‘llab-quvvatlaydi”, – dedi nomzod.

Maktab infratuzilmasini rivojlantirish jamg‘armasini tashkil etamiz va unga har yili 1 milliard dollardan mablag‘ ajratamiz — Shavkat Mirziyoyev

“2030 yilga qadar, yangi maktablar barpo etish va bor quvvatlarni oshirish hisobiga, qo‘shimcha 2,5 million o‘quvchi o‘rni yaratishni reja qilganmiz (hozirda 5,2 million o‘quvchi o‘rni mavjud).

Bunda, joriy yilda “Yiliga 500 ming o‘quvchi o‘rni” dasturini boshlaymiz.

Buning uchun, yangi – Maktab infratuzilmasini rivojlantirish jamg‘armasini tashkil etamiz va unga har yili 1 milliard dollardan mablag‘ ajratamiz.

Mazkur Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan 170 ta yangi maktablar quriladi, 3 ming 210 tasi rekonstruksiya qilinadi. Natijada, qo‘shimcha 1 million 400 ming o‘quvchi o‘rni yaratiladi”, – dedi nomzod.

Xususiy maktablarga 1-sinfga borgan bolaning ota-onasiga bir yil davomida maktab uchun oylik to‘lovining 450 000 so‘mi kompensatsiya qilib beriladi.

Buxorolik saylovchilar bilan uchrashuvda prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev xususiy ta’limni rivojlantirishga oid rejalar haqida ma’lumot berdi.

photo 02 1

“Xususiy maktablarga 1-sinfga borgan bolaning ota-onasiga bir yil davomida maktab uchun oylik to‘lovining 450 ming so‘mi kompensatsiya qilib beriladi.

Tadbirkorlarga xususiy maktab tashkil etish uchun olinadigan kreditning 14 foizdan ortgan qismi qoplab beriladi.

Xususiy maktablarda muallimlar uchun talablar davlat maktablari bilan bir xil bo‘ladi. Shu orqali, maktablarda o‘quvchilar soni 35 nafardan ko‘p bo‘lgan birorta sinf qolmaydi (hozir 37 mingta bunday sinf bor).

Umuman, hozirgi vaqtda xususiy maktablarda mavjud 85 ming o‘quvchi o‘rnini 2030 yilga qadar kamida 400 mingtaga yetkazish bo‘yicha barcha sharoitlarni yaratib beramiz”, – dedi nomzod.

2030 yilga qadar barcha maktablarda Prezident maktablari o‘quv dasturi va metodikalari joriy qilinadi

Bu haqda prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev buxorolik saylovchilar bilan uchrashuvda ma’lum qildi.

“Jumladan, yuqori sinfda aniq va tabiiy fanlar hamda chet tillarini chuqurroq o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi. Kelgusi yetti yilda barcha maktablarga “til egalari” bo‘lgan o‘qituvchilarni olib kelamiz. Buning uchun har yili 200 milliard so‘m ajratiladi.

Pedagogika oliygohlarining o‘quv dasturlari ham, Prezident maktablaridagi o‘qitish va baholash uslublariga moslashtiriladi”, – dedi nomzod.

Malaka sertifikatini olgan o‘qituvchiga 70% qo‘shimcha haq to‘lanadi — Shavkat Mirziyoyev

“Ilg‘or texnologiyalarni biladigan, dars berish va o‘quvchilar bilimini baholashda yangicha yondashadigan muallimlarni qo‘llab-quvvatlaymiz.

Endi, muallimlarning nafaqat bilimi, balki malaka va mahoratini ham baholab, malaka sertifikatini berish tizimi joriy etiladi.

Malaka sertifikatini olgan o‘qituvchiga 70 foiz qo‘shimcha haq to‘lanadi (hozirda eng yuqori ustama 40 foiz).

Umuman, kelgusi yetti yilda muallimlarning oylik maoshi 2 karra oshiriladi”, – dedi nomzod.

Maktab o‘qituvchilarining haftalik yuklamasi kamaytiriladi — Shavkat Mirziyoyev

Buxorolik saylovchilar bilan uchrashuvda prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev pedagoglarni qo‘llab-quvvatlashga oid rejalari haqida so‘zlab berdi. Jumladan:

“Muallimlarning mashaqqatli mehnatini munosib rag‘batlantirish maqsadida, ularning ko‘p yillik ish staji uchun ilk bor ustama haqi to‘lash tizimi joriy etiladi.

Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining haftalik yuklamasi 18 soatdan 16 soatga, yuqori sinf o‘qituvchilariniki 20 soatdan 18 soatga tushiriladi.

Bu orqali, to‘liq stavkada ishlamayotgan jami 150 ming nafar muallimning oyligi o‘rtacha 30 foizga oshiriladi.

O‘qituvchilarga har yili sihatgohlarda sog‘lig‘ini tiklashi uchun imtiyozli yo‘llanmalar beriladi. Shuningdek, har yili 1 ming nafar muallim stajirovka o‘tash uchun xorijga yuboriladi”, — dedi nomzod.

Buxorolik saylovchilar bilan uchrashuvda prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev pedagoglarni qo‘llab-quvvatlashga oid rejalari haqida so‘zlab berdi. Jumladan:

“Muallimlarning mashaqqatli mehnatini munosib rag‘batlantirish maqsadida, ularning ko‘p yillik ish staji uchun ilk bor ustama haqi to‘lash tizimi joriy etiladi.

Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining haftalik yuklamasi 18 soatdan 16 soatga, yuqori sinf o‘qituvchilariniki 20 soatdan 18 soatga tushiriladi.

Bu orqali, to‘liq stavkada ishlamayotgan jami 150 ming nafar muallimning oyligi o‘rtacha 30 foizga oshiriladi.

O‘qituvchilarga har yili sihatgohlarda sog‘lig‘ini tiklashi uchun imtiyozli yo‘llanmalar beriladi. Shuningdek, har yili 1 ming nafar muallim stajirovka o‘tash uchun xorijga yuboriladi”, — dedi nomzod.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.