Buxoro yangiliklari
Buxoroda ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda
“Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida bo‘lib o‘tayotgan ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari yurtimiz bo‘ylab keng qamrovda olib borilmoqda.
Jumladan, kecha, 21-avgust kunidan boshlab, Mir Arab oliy madrasasida O‘zbekiston musulmonlari idorasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita hamkorligida Buxoro viloyatida o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari boshlandi. Tadbirda Respublika bo‘yicha barcha viloyatlarda faoliyat yuritib kelayotgan 219 ta tuman, shahar bosh imom-xatiblari tashrif buyurishdi.
Qayd etish kerakki, Buxoro shahrida “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida yosh avlodni milliy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, jinoyatchilikni oldini olish, insonlarda dahldorlik hissini yuksaltirish, yoshlarni turli g‘oyaviy tahdidlardan asrash, ayolning oila va farzand tarbiyasidagi o‘rnini mustahkamlash, ma’rifatli millat tarbiyalashda ota-onaning roli kabi qator mavzularda keng jamoatchilik vakillari ishtirokida o‘tkazilmoqda.
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Xalqaro islom akademiyasi, Musulmonlar idorasi va boshqa bir qancha mas’ul tashkilot vakillaridan iborat ishchi guruh a’zolari tomonidan o‘tkazilayotgan targ‘ibot tadbirlarining asosiy qismi Yoshlar markazi binosida tashkil etildi.
Unda shaharda faoliyat olib borayotgan davlat idoralari, korxona va tashkilot rahbar-xodimlari, mahallalar beshligi, sog‘liqni saqlash sohasi vakillari, maktabgacha va umum ta’lim maktablari direktorlari ishtirok etdi.
Tadbirlar mahallalarda ham davom etmoqda. Jo‘bor mahallasining xotin-qizlari o‘rtasida tashkil etilgan tadbir davra suhbati shaklida bo‘lib o‘tdi.
Targ‘ibot tadbirlari davomida bugungi kunda jaholatga karshi ma’rifat bilan kurashish har qachongidan ko‘ra muhim ahamiyat kasb etayotgani, bunda ayniqsa Onaning, ayollarning o‘rni muhim ekanligi ta’kidlanar ekan, Imom Al-Buxoriydek buyuklarni tarbiyalagan bu muqaddas zaminning islom olamida o‘z o‘rni borligi e’tirof etilgan holda buyuk ajdodlarga mos avlodlar tarbiyalashimiz lozimligi haqidagi fikrlar ilgari surildi.
“Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostidagi targ‘ibot tadbirlaridan biri Buxoro markaziy bozori hududida bozorlar rahbarlari, savdo va tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan fuqarolar o‘rtasida tashkil etildi.
Unda tinchlik, ososyishtalik, farovon kunlarimizga shukronalik hissida yashash, aholi, xususan yoshlar o‘rtasida diniy ekstremizm, radikalizm g‘oyalarini oldini olish kabi mavzularda muloqot olib borildi. Shuningdek bugungi kunda Internet tarmoqlari orqali tarqatilayotgan ijtimoiy odatlar, xususan kiyinish odobi, ijtimoiy bayramlar noto‘g‘ri talqin qilinayotgan diniy maruzalardan ogoh bo‘lishga chaqirildi.
“Bir bolaning yutug‘i – butun yurtning yutug‘i, bir bolaning aybi – butun yurtning aybi. Shunday ekan har bir Ona bolasini dunyoga keltirgach avvalo uni ma’rifatli, ilmli qilib tarbiyalashga e’tibor qaratmog‘i lozim. Ma’rifatli farzand tarbiyalash uchun esa ayollarimizning o‘zi zukko, ziyoli, ilmli bo‘lmog‘i darkor”. Din ishlari bo‘yicha qo‘mita vakili Ilhom Ma’rupov.
“Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostidagi targ‘ibot tadbirlarida ana shunday g‘oyalar ilgari surilmoqda. Navbatdagi uchrashuv Buxoro davlat universitetida xotin-qizlar ishtirokida tashkil etildi.
Unda oilalar mustahkamligini ta’minlash, ajrimlarni oldini olish, oiladagi nizolarning bola ruhiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishini inobatga olib, er-xotin, qaynona-kelin va boshqa qarindoshchilik munosabatlarida sog‘lom muhitni shakllantirish, jaholat qurboni bo‘layotgan yoshlarni to‘g‘ri yo‘lga boshlash kabi g‘oyalar ilgari surildi.
Navbatdagi targ‘ibot tadbiri uyushmagan yoshlar, taksi haydovchilari, mahallalardagi tadbirkorlar va hokim yordamchilari ishtirokida Yoshlar markazida bo‘lib o‘tdi.
“Jaholatga qarshi ma’rifat” ning asosiy maqsadi ham hammamiz bir bo‘lib, millatning, Ona-Vatanning, yurtning rivojiga hissa qo‘shishimiz, yot g‘oyalar ta’siriga berilmaslik, ayniqsa Internet va ijtimoiy tarmoqlar imkoniyatidan oqilona foydalanish, unda ayrim dinni niqob qilib olgan kimsalar tomonidan targ‘ib etilayotgan mazhabsizlik, radikalizm va boshqa ekstremistik g‘oyalardan o‘zimizni va farzandlarimizni himoyalash, bir so‘z bilan aytganda ham diniy ham dunyoviy ilmlarni egallab, Sharif shaharga mos avlodlarni tarbiyalashdan iborat.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi