Buxoro yangiliklari

Buxoroda 17 yoshli o‘smir yigit o‘zini avtobus tagiga tashlab, joniga qasd qildi (video)

photo
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

Kecha Telegram tarmog‘idagi bir necha kanallarda mudhish hodisa videosi yashin tezligida tarqaldi. Unda noma’lum fuqaro birdaniga o‘zini yo‘lda harakatlanib ketayotgan avtobus tagiga tashlagani aks etgan.

Buxoro viloyati IIB axborot xizmati voqeaga izoh berdi.

IIB xodimlarining bildirishicha, holat Buxoro shahrida joylashgan “Karvon” buyum bozori chorrahasini kesib o‘tuvchi “Buxoro-Xorazm-Turkmanboshi” xalqaro yo‘lida sodir bo‘lgan.

Tarqalgan videoga ko‘ra, 28-sentabr kuni soat 09:30 lar atrofida yo‘l yoqasida telefon orqali gaplashib o‘tirgan o‘smir yigit kutilmaganda o‘z yo‘nalishida belgilangan tezlikda harakatlanib kelayotgan 51-sonli yo‘lovchi tashish avtobusi tagiga o‘zini tashlagan.

O‘z joniga qasd qilgan yigit uni bosib ketgan hamda ushbu voqeaga bevosita guvoh bo‘lganlar avtobusdagi yo‘lovchilarni qattiq stress holatiga tushirgan.

Bir necha daqiqada voqea joyiga viloyat IIB YPX xodimlari kelishgan.

Aniqlanishicha, vafot etgan shaxs asli 17 yoshli xorazmlik o‘smir bo‘lgan. U bundan bir necha kun ilgari IELTS sertifikatini olish uchun Toshkent shahriga jo‘nab ketgan bo‘lgan. Qaytishda esa “Karvon” buyum bozori yonidan o‘tuvchi yo‘lida tushib qolgan va videotasvirda muhrlanganidek o‘z joniga qasd qilgan.

Ayni paytda Buxoro shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.