Buxoro yangiliklari
“Yordam beringlar, otam onamni o‘ldiryapti!” — 20 yillik turmushdan so‘ng qorako‘llik erkak o‘z xotinini bolalari ko‘z o‘ngida o‘ldirdi
Bu haqda “Xabar.uz” yozmoqda.
Qorako‘l tumanidagi Mirzaqal’a qishlog‘ida 1975-yilda tug‘ilgan fuqaro B. B. shu qishloqda yashovchi Z. H. bilan 2000-yilda turmush qurgan. Ularning 3 nafar farzandlari bo‘lib, oilada janjalli vaziyatlar chiqib turgan.
Mahalla faollari, hudud inspektorlarining juda ko‘p marotaba ogohlantirishiga qaramay, B. B. xotini Z. H. ga doimiy zulm va tazyiqlar o‘tkazib kelgan. Toʻxtovsiz zulmga qaramasdan ayol eri bilan faqatgina bolalari borligi uchungina sabr qilib yashab kelgan.
Biroq, 2022-yilning oxirlarida Z. H. turmush o‘rtog‘ining xonadonini tark etib, bolalarini bilan oʻz ota uyiga qaytgan. Shunga qaramay, ular rasman ajrashishmagan boʻlgan. B. B. esa xotinini koʻchada koʻrib qolsa, kuch ishlatib, urib, so‘kib kelgan.
Qayd etish kerakki, Z. H. ga 2023-yilda ikki marta “Himoya orderi” berilgan.
Biroq B. B. xotiniga “Himoya ordering senga nima berardi?! Huquqlaring bilan birga yerga ko‘maman seni!”, — deya tazyiq oʻtkazib kelavergan.
Oradan bir necha oy o‘tgach, B. B. oilasi yashab kelayotgan hovliga borgan. Ammo xotini va bolalari K. H. ning uyiga (ayolning opasi) mehmonga ketgan boʻlishgan.
Kechki paytda o‘sha manzilga borgan B. B. xotini Z. H.ni chaqirib olgan va undan nikoh guvohnomasini berishini talab qilgan. Z. H. esa nikoh guvohnomasi nusxasi hudud inspektorida ekanini, aslini esa yoqib yuborganini aytgan. Eridan bu yerga boshqa qaytib kelmasligini aks holda ichki ishlarga murojaat qilishini bildirgan.
Bundan jahli chiqqan B. B. xotini Z. H. ni nojo‘ya so‘zlar bilan haqoratlab, hovlida yotgan 2 metrli qalin yog‘och bo‘lagini olib, uning ortidan quvgan. Z. H. qo‘rqib qochgan va kutilmaganda depsinib tushib, yerga yiqilgan. Bu paytda B. B. tayoq bilan Z. H. ni uch nafar farzandlari ko‘z oldida ayovsiz kaltaklagan.
Bolalarning “Yordam beringlar, otam onamni o‘ldiryapti!”,— degan baqir-chaqirlarini eshitib, Z. H. ning opasi va pochchasi er-xotin yoniga borishgan. Pochchasi kuch ishlatib, yog‘och tayoqni tortib olgan, B.B. esa voqea joyidan qochib ketgan.
Keyinchalik sud-medekspertiza xulosalariga koʻra aniqlanishicha, Z. H. ning bosh qismining chap tomon ko‘z, yuz, burun va jag‘, shuningdek tanasining qolgan sohalariga ham o‘ta shafqatsizlik bilan bir necha marotaba oʻgʻir shikast yetkazilgan.
Tez tibbiy yordam xodimlari voqea joyiga kelib, Z. H. ning vafot etgani holatini qayd etishgan.
Sud hujjatlariga koʻra, “o‘z aybiga to‘liq iqrorlik bildirgan B. B. ga nisabatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi, 97-moddasi, 2-qismining «j» bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybdor deb topilgan va unga shu modda bilan 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan”.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Qorako‘l tumani sudi raisi Boborahim Ochilovning qoʻshimcha qilishicha, jinoyatchi tayinlangan jazoni umumiy koloniyalarda o‘tashi belgilangan.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi