Buxoro yangiliklari

Jinoyat ishlari bo‘yicha Qorako‘l tumani sudi raisi Boborahim Achilovga hayfsan berildi

picture
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

JIB Qorako‘l tumani sudi raisi Boborahim Achilov “Femida Trust” advokatlik firmasi advokati Ulug‘bek Musayevning MIB Qorako‘l tuman bo‘limi boshlig‘i A. Yo‘ldoshevning advokatlik so‘roviga javob bermagani uchun MJtK ning 197-1-moddasiga ko‘ra javobgarlikka tortish haqidagi arizasini “tegishliligiga ko‘ra” tuman prokuroriga yuborgan.

Bu haqda “Advokat” jurnaliga U. Musayevning o‘zi ma’lum qildi.

Advokat aytishicha, sud raisi uning arizasini sud majlisida mazmunan ko‘rib chiqishi shart edi, MIB boshlig‘iga nisbatan arizaning prokurorga yuborilishi esa MJtK ning 245-, 283- va 303-moddalariga zid.

Shundan so‘ng U. Musayev Sudyalar oliy kengashi (SOK) ga murojaat qilib, JIB Qorako‘l tumani sudi raisi B. Achilovga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazilishida va arizasi mazmunan ko‘rib chiqilishida amaliy yordam berishni so‘ragan.

SOK aralashuvi ortidan Buxoro viloyati sudi malaka hay’ati B. Achilovga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazib, u advokatning arizasini “mazmunan ko‘rib chiqmasdan xatolikka yo‘l qo‘ygan”ini va “sud ishini tashkil etishda beparvolik qilgan” ini tan olib, sud raisiga nisbatan “intizomiy ish qo‘zg‘atishni tavsiya etgan”.

“Malaka hay’ati menga o‘tgan yilning 21-dekabr sanasi bilan xat yuborgan. Sudya B. Achilov intizomiy jazoga tortilgan yoki tortilmagani haqida menda ma’lumot yo‘q. Shuningdek, arizam qachon mazmunan ko‘rib chiqilishi ham hozircha mavhum. 13-dekabr kuni arizam sud majlisida mazmunan ko‘rib chiqilishini ta’minlashni so‘rab, Buxoro viloyat sudiga murojaat qilgandim, hanuz javob berishmadi”, – deydi advokat U. Musayev.

Ijtimoiy tarmoqda yaxshigina “aylangan” yuqoridagi xabarga 1 hafta o‘tib, Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati munosabat bildirilmoqda. Chunki, xabarlarda bayon qilingan holat yuzasidan o‘tkazilgan xizmat tekshiuvi bo‘yicha Buxoro viloyati sudlari sudyalari malaka hay’atining qarori kutilayotgandi.

Kuni kecha Buxoro viloyati sudlari sudyalari malaka hay’atining majlisi bo‘lib o‘tdi.

Ma’lum qilinishicha, majlisda advokat U. Musayevning MIB Qorako‘l tuman bo‘limi boshlig‘ini (advokatlik so‘roviga javob bermagani uchun) tegishli javobgarlikka tortish haqidagi arizasi jinoyat ishlari bo‘yicha mazkur tuman sudi raisi tomonidan ko‘rib chiqilishi o‘rniga, “tegishliligiga ko‘ra” tuman prokuroriga yuborganligi holati yuzasidan o‘tkazilgan xizmat tekshiruvi muhokama qilingan.

Yakunda sud raisi Boborahim Achilovga nisbatan “hayfsan” intizomiy chorasi qo‘llash haqida qaror qabul qilgan.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.