Buxoro yangiliklari
Har bir murojaat e’tiborda — Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasi
Bugun barcha davlat idoralari faoliyatida aholining murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha sifat jihatidan mutlaqo yangi tizim yaratildi. Ayniqsa, joylarda o‘tayotgan sayyor qabullar xalqning dardini eshitish, ularning muammolarini hal etish borasida samarali yechim bo‘lmoqda.
Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasilari tomonidan ham joylarda muntazam ravishda aholi hamda tadbirkorlar uchun sayyor qabullar o‘tkazilib kelinmoqda. Bu borada o‘tgan 2023-yilda boshqarma boshliqlari hamda ularning o‘rinbosarlari tomonidan 12 marotaba sayyor qabullar o‘tkazilgan bo‘lsa, ularda 200 ga yaqin fuqarolarning murojaatlari o‘z yechimini topdi.
Shuningdek, boshqarmalar va ularning hududiy bo‘lim va filiallariga o‘tgan yilda 6174 nafar jismoniy va yuridik shaxslardan murojaat kelib tushgan bo‘lsa, shundan 3373 ta murajaat qanoatlantirilgan, 2715 tasiga esa huquqiy tushuntirishlar berilgan.
Jondor tumani “Qalmoq” MFY, Xumin qishlog‘ida yashovchi fuqaro Abdumardon Yangiyev o‘zi yashab kelayotgan turar joyning maydoni hujjatlardagidan farq qilayotgani, chegara masalalariga aniqlik kiritib berishni so‘rab qilgan murojaati qisqa fursatda hal qilib berildi.
Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmasi boshlig‘i nomiga Kogon tuman “Yangi Hayot” MFY yashovchi fuqaro Safiya Xusenova tomonidan o‘g‘liga tegishli fermer xo‘jaligi yer maydonining ma’lum qismini bir nech fuqarolar o’zlashtirib olgani hamda shu holatga aniqlik kiritib berishni so‘rab qilgan murojaati ham ijobiy hal qilindi. Ushbu yer maydonlari “Abduraxmon Raxmon Ilxom” fermer xo’jaligi qaytarildi.
Xalq bilan muloqot, ularning dardu tashvishi bilan yashash – eng asosiy maqsad. Zero, uning ro‘yobi yurtimiz ravnaqiga, uning yanada gullab-yashnashiga, fuqarolarning tinch, osuda, farovon hayot kechirishlarini ta’minlashga xizmat qiladi.
Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha bosh mutaxassisi Rif’at Elmurodov
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi