Buxoro yangiliklari

Buxoroda aeroport orqali qadimiy tangalarni Dog‘istonga olib ketishmoqchi bo‘lishdi

photo
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

Buxoro viloyati bojxona boshqarmasining “Buxoro aeroport” chegara bojxona posti hamda Aviatsiya xavfsizlik xizmati xodimlarining oʻzaro hamkorligida zarb etilganligiga 50 yildan oshgan tangalarning yurtimiz hududidan olib chiqilishining oldini olindi, – deya xabar bermoqda viloyat Bojxona boshqarmasi Axborot xizmati rahbari Durdona Qayumova.

Buxoroisharif.uz ga taqdim eilgan ma’lumotlarga ko‘ra, “Buxoro – Maxachkala (Dog‘iston)” yoʻnalishidagi aviareys orqali xorijga uchib ketish arafasidagi fuqaro tarixiy ahamiyatga ega boʻlgan jami 8 dona numizmatika ashyolarini olib chiqib ketayotganligi aniqlandi.

Fuqaroga tegishli qonunchilik talablari tushuntirilishi barobarida holatga qonuniy tartibda chek qoʻyildi.

Qadimiy tangalar hozirgi vaqtda Buxoro viloyati madaniy meros boshqarmasiga badiiy ekspertizadan oʻtkazish maqsadida taqdim etilgan.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.