Buxoro yangiliklari
Yechimlar jurnalistikasi: odatiy xabarlardan charchaganlar uchun
Xabar yaxshi bo‘ladimi, yomon bo‘ladimi — biz Sizga haqiqatni yetkazamiz (“Amerika ovozi”).
“Yechimlar jurnalistikasi” degan tushuncha 1990-yillardan boshlab dunyo bo‘ylab ommalasha boshlagan. Unda e’tibor nafaqat muammoda, balki ularni yechish uchun qilinayotgan yoki qilinmayotgan harakatlarda bo‘ladi. Hozirda bu kabi jurnalistika O‘zbekistonda ham kuzatiladi.
Ayni damda ushbu yo‘nalish O‘zbekiston OAV larida eng ko‘p ishlatiladigan surishtiruv jurnalistikasidan keyingi bosqich jurnalistikasi bo‘lganligi sababli uning mohiyatini to‘liq anglab yetish hamda qo‘llash media sohasi vakillaridan yangi bilimlarni o‘zlashtirishni talab qiladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, AQSh ning Global Media agentligi mahalliy “Yangi media ta’lim markazi” nodavlat notijorat tashkiloti (NNTK) bilan hamkorlikda o‘zbekistonlik jurnalist va blogerlar uchun 2024-yilning iyul oyidan boshlab maxsus kurslar tashkil etdi.
Yechimlar jurnalistikasi – muammolar haqida ma’lumot bergan holda asosiy urg‘uni ayni mavzuga emas, balki uning yechimiga qaratishni maqsad qiladi.
Qayd etib o‘tish lozim-ki, trening ikki modulga ajratilgan holda o‘tkazildi. Mashg‘ulotlar viloyatlardan kelgan 100 ga yaqin jurnalist-blogerlar, turli nashrlar bosh muharrilari, TV prodyuserlari, umuman OAV ga dahldor bo‘lgan ishtirokchilarni o‘zida jamladi.
1-modul “Amerika ovozi” teleradiosi muxbiri, taniqli jurnalist Navbahor Imomova va “Yangi media ta’lim markazi” NNTK rahbari, filologiya fanlari doktori, mahoratli jurnalist Beruniy Alimov moderatorligida joriy yilning 9—21-iyul kunlari Toshkent, Samarqand va Urganchda, 2-modul 13—24-noyabr kunlari Farg‘ona, Toshkent va Buxoroda bo‘lib o‘tdi.
Ilk sessiyalarda trenerlar Oleg Xomenok, Inna Dubinskiy va Marina Smahina “Yechimlar jurnalistikasi” ning asosiy qoidalari, tamoyil va etik me’yorlari haqida tushuncha berishdi.
Yechimlar jurnalistikasi yordamida tayyorlangan maqola oʻz ichiga 5 ta asosiy elementni olishi kerak. Bular:
1. Muammo (muammoning sabablari va belgilari);
2. Yechim (muammoni hal qilishda amalga oshirish mumkin bo‘lgan g‘oyalar);
3. Yechimni tadbiq qilish (yechimni qanday amalga oshirish kerak);
4. Natija (bundan avval o‘xshash muammoni bartaraf qilishda yuqoridagi yechim orqali erishilgan yutuqlar haqida gapirish);
5. Xulosa (boshqalar tomonidan keng miqyosda ishlatilishi mumkin bo‘lgan muammoni hal qilish yo‘llari haqida xabar berish).
Buxoroda 22—24-noyabr kunlari o‘tgan ikkinchi modulda esa Oleg Xomenok va Hikmatilla Ubaydullayev “Yechimlar jurnalistikasi” da faktlarni aniqlashda sun’iy intellekt (SI) dan foydalanish, SI yordamida tayyorlangan dipfeyk va manipulyatsion ma’lumotlarni aniqlash va oshkor qilish, ochiq manbalardan ma’lumot to‘plash, ularga tayanish, ijtimoiy tarmoqlardan samarali foydalanish hamda muxbir/uning manbasining jismoniy va texnik xavfsizligini ta’minlash kabi mavzularga atroflicha to‘xtalishdi.
Bunda Navbahor Imomova va Beruniy Alimovlar sohadagi misollar yordamida mavzuni tushunish uchun ma’ruzalar qilishdi.
Bundan tashqari, 2-modul davomida ishtirokchilar Romitan tumanidagi “Bukhara Desert & Oasis SPA” sayyohlik markaziga tashrif buyurib, uning faoliyati va obyektning Buxoro turistik muhitidagi o‘rni, erishgan yutuqlari haqida ma’lumot olishdi. Mazkur zona O‘zbekistonning turli viloyatlaridan kelgan jurnalistlarida albatta, ijobiy taasurot qoldirdi va ularning hayratiga sabab bo‘ldi.
Shuningdek, trening sessiyalari davomida OAV vakillari O‘zbekiston Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bosh direktori Akmal Burhanov (1-modul), O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirining matbuot kotibi Ahror Burxonov (1-modul), AQSh ning Nyu-York universiteti professori Endryu Lehren (1-, 2-modul) hamda AQSh ning O‘zbekistondagi elchisi, janob Jonatan Henik (1-, 2-modul), O‘zbekistonning AQShdagi elchisi Furqat Siddiqov (1-, 2-modul) va AQSh ning Global Media agentligining rivojlantirish departamenti rahbari Joan Maver (1-, 2-modul) bilan virtual muloqot qilib, oʻzlarini qiziqtirgan savollarga eksklyuziv javoblar olish imkoniga ham ega bo‘lishdi.
Bahs-munozaralar, interaktiv seminarlar va amaliy mashg‘ulotlar tarzida tashkillashtirilgan treninglar barcha qatnashuvchilarda, shubhasiz, o‘z materiallarida yechimlar jurnalistikasi instrumentlaridan foydalanishlari uchun turtki bo‘ldi.
“Yechimlar jurnalistikasi” ga qiziqadiganlar ushbu yo‘nalishda yaratilgan quyidagi veb-saytlar orqali batafsil maʼlumot olishlari mumkin:
1. https://www.solutionsjournalism.org
2. https://www.kommersant.ru/doc/3019806
4. https://te-st.ru/reports/online-course-solution-journalism
5. http://www.mustmedia.ru/single-news/239
6. https://jrnlst.ru/journalism-solutions
(c) Sanjar Nazarov, Buxoroisharif.uz internet nashri bosh muharriri
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi