Buxoro yangiliklari

“Ark” qal’asining shimoliy qismidagi devorini tiklash ishlari yakunlandi

photo
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

Keyingi yillarda turizm tarmogʻidagi islohotlar sabab “Ark” qalʼasining 100 avval vayrin qilingan 3 gektarlik hududida “Arxeologik park” tashkil etilib, 2023-yilning IV choragidan ishga tushirildi. Yakunlanayotgan 2024-yilda bu arxeologik parkka kirgan 1,5 mlndan koʻproq xorijiy va mahalliy sayyohlar mamnun boʻlishmoqda.
Buning natijasida 2024-yil davomida ushbu muzeyga tushumlar karrasiga oshdi.

Quvonarlisi shundaki, davlatimiz rahbarining alohida Farmon va qarorlariga muvofiq yurtimizda madaniy meros obyektlarini saqlash, asrab avaylash va ularni qadimiy meʼmorchilik uslubida restavratsiya qilish, taʼmirlash-tiklash ishlari jadal davom ettirilmoqda.

Shu davlat dasturlari doirasida “Ark” qalʼasining ham umumbashariy qiymatini saqlash, texnogen jarayonlar taʼsirida qalʼaning qadimiy devorlari va tirgaklarini yemirilishi, nurashi va qulab ketishini oldini olish maqsadida keyingi 2 yilda ushbu obyektda olimlar, tarixchilar, ekspertlar va loyihachilar tayyorlagan loyiha asosida Buxoroning anʼanaviy meʼmorchilik sohasida katta tajribaga ega boʻlgan 300 nafardan ziyod mahoratli usta-restavratorlar tomonidan keng koʻlamli restavratsiya va taʼmirlash-tiklash ishlari bajarildi.

Va nihoyat bugunga kelib, “Ark” qalʼasining shimoliy qismida 22 metr balandlikda va 200 metrdan ortiq uzunlikdagi devorini mustahkamlash boʻyicha 1,5 yil davom etgan restavratsiya va taʼmirlash ishlari yakuniga yetkazildi.

Endilikda Buxoroning tarixiy davlatchiligi shakllangan va hukmdorlar hayot kechirgan qadimiy “Ark” yana bir necha asrlar davomida xalqimiz, mehmonlarimiz, sayyohlarimiz va kelajak avlodlarga mustahkam tarixiy va madaniy-maʼrifiy qalʼa hamda maftunkor turistik majmua sifatida xizmat qiladi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.