Buxoro yangiliklari
Buxoro viloyati IIB boshlig‘i Buxoro shahrida o‘rganish olib bordi
Viloyat IIB boshligʻi, podpolkovnik Ikromjon Tursunov Buxoro shahridagi kriminogen vaziyati ogʻir hisoblangan “Sadriddin Ayniy” mahallasida oʻrganishlar olib bordi.
Ichki ishlar vazirining tegishli buyrugʻi asosida kriminogen vaziyati ogʻir deya baholangan Buxoro shahridagi Sadriddin Ayniy mahallasida jinoyatchilikni keskin kamaytirish va tartibni mustahkamlash maqsadida Buxoro viloyati IIB boshligʻining oʻrinbosari hamda Buxoro shahar IIO Fuqarolarni mahalliy boshqarish boʻlimi rahbariyati ushbu mahallaga biriktirildi.
Ular tomonidan “Xavfsiz hovli — xavfsiz xonadon” tamoyili asosida hududdagi korxona va tashkilotlar masʼullari, mahalla yettiligi aʼzolari hamda faol fuqarolar bilan hamkorlikda fuqarolarning muammolarini oʻrganish va hal etish boʻyicha manzilli ishlar tashkil etilmoqda.
Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi ushbu mahallada boʻlib, hududda jinoyatchilikni bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar koʻlami va natijadorligini oʻrgandi. Mahalladagi ijtimoiy-huquqiy holat, profilaktika ishlarining holati, fuqarolarning faolligi va davlat idoralari bilan hamkorlik darajasi, mahallada joylashgan Ulgurji bozorda oziq-ovqat mahsulotlarining sifati hamda ularning tan narxini suniy ravishda oshirmaslik yuzasidan oʻrganishlar olib bordi.
Boshqarma boshligʻi jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olishda yanada qatʼiy va tizimli yondashuv talab etilishini taʼkidlab, masʼul rahbarlarga tegishli vazifalar yuklatdi.
Bunday nazorat tadbirlari bosqichma-bosqich tarzda boshqa hududlarda ham davom ettiriladi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


