Mashhurlar
“Kara sevda” filmining asosiy juftligi hayotda bir-birlari bilan gaplashmasligi rostmi?
Burak O‘zchivit 41 yoshda: Betmen bo‘lishni orzu qilgan, selfi uchun 1 mln dollar olgan, Neslihan Atagul bilan gaplashmaydigan turk aktyori haqida Daryo qiziq ma’lumotlarni tayyorladi.
2025-yil 24-dekabr kuni Turkiyaning mashhur aktyori Burak O‘zchivit 41 yoshini nishonladi. Aktyor “Choliqushi”, “Sevgi iztirobi”, “Muhtasham yuz yil”, “Hukmdor Usmon” teleseriallaridagi rollari tufayli ko‘plab tomoshabinlarning sevimlisiga aylangan. Uning chiroyli ko‘rinishi kuchli xarizma bilan birgalikda unutilmas personajlarni yaratishga yordam beradi.

Bolaligi
Burak O‘zchivit 1984-yilda Turkiyaning Mersin shahrida dunyoga kelgan. Otasi Byulent O‘zchivit kichik restoran egasi, onasi Jeyhan esa Burak va uning singlisi Burjun tarbiyasi bilan mashg‘ul bo‘lgan. Bolaligidan og‘ir-bosiq fe’l atvor egasi bo‘lgan Burakning eng sevimli mashg‘uloti soatlab multfilm tomosha qilish bo‘lgan. U superqahramonlarni juda ham yaxshi ko‘rgan va atrofdagilariga katta bo‘lsa, “Betmen” bo‘lishini ta’kidlagan. Keyinchalik do‘stlari bilan vaqt o‘tkazish, xususan, futbol o‘ynash va sport zalda shug‘ullanishni kanda qilmagan.

Maktabni bitirgach Burak Marmara universitetida tasviriy san’at va kino yo‘nalishida ta’lim olish bilan birga podiumlarda model sifatida chiqish qila boshlagan. 2006-yilga qadar Turkiyaning eng talabgir modellaridan hisoblangan. 2003-yilda 17 yoshli Burak “Turkiyaning eng yaxshi modeli” tanlovining mutlaq g‘olibi, shuningdek, “Dunyoning eng yaxshi modeli” tanlovida ikkinchi o‘rin sohibi bo‘lgan.

Karyerasi
O‘smirlar hayoti haqidagi “Zararlangan” trilleridagi kichik ishtiroki uning aktyorlik karyerasidagi ilk roli bo‘lgan. Ushbu filmdan ko‘p o‘tmay “Oilaviy uy” kinokomediyasi, “Sotqinlik” psixologik dramasida va “Kichik sirlar” filmida rol ijro etadi. “Muhtasham yuz yil” tarixiy-biografik serialdagi Malkacho‘g‘lu Balibey roli unga katta muvaffaqiyat olib kelgan bo‘lsa, “Choliqushi” filmining yangi talqinidagi Kamron obrazi bilan u butun dunyoga mashhur bo‘ldi.

Ushbu filmdan keyin u rejissyorlardan suratga tushish uchun taklifni uzoq kutishiga to‘g‘ri kelmagan. Chunki dunyoning turli nuqtalaridagi muxlislar Burak ishtirok etgan filmlarni qayta-qayta so‘ray boshlagan. Shundan keyin “Sevgi senga o‘xshaydi” melodrammasida ishtirok etgan.2015-yilni esa aktyor karyerasidagi eng omadli yillardan deb hisoblasa bo‘ladi. Negaki aynan shu yili butun dunyodagi tomoshabinlar sevib tomosha qilgan, o‘zbek telekanalida “Sevgi iztirobi” nomi bilan efirga uzatilgan “Kara sevda” seriali suratga olingan. Romantik filmda Burak Neslihan Atagul bilan sevishganlar rolini ijro etib, muxlislar, ayniqsa qizlar mehriga sazovor bo‘lgan.
Ammo keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, Neslihan hamda Burakning sahna ortidagi nizolari rejissorlarni ham qiyin ahvolga solib qo‘ygan. Bunga aktyorning rafiqasi Evjenning rashki sabab bo‘lgan. Burak rafiqasini qanchalik xotirjam qilishga urinmasin, hammasi o‘zining partnyoriga issiq qahva uzatganidan keyin boshlangan. Aynan shu voqeadan so‘ng Neslihan Burak bilan birga tushishi kerak bo‘lgan sahanalarni ijro etishdan bosh tortgan. Ijodiy jamoa ish shunday davom etsa, Fahriye keyingi safar qahvani Neslihanning yuziga sepib yuborishdan ham qaytmasligiga ishongan. Shuning uchun Nihan va Kemal sahnalarini alohida-alohida suratga olib, montajning ajoyib mo‘jizalaridan foydalanishiga to‘g‘ri kelgan. Neslihan esa Burak bilan munosabatlarini to‘xtatgan, ular bugungi kunda bir-birini ko‘rsa ham gaplashmaydi.

“Muhtasham yuz yil” seriali ham aktyorning dunyo miqyosidagi mashhurligini yanada mustahkamlaydi. Serialdagi Balibey obrazi orqali ko‘plab muxlislar qalbidan joy olgan aktyor “Balibey Doner” nomli kabab restorani ochib, uni otasiga sovg‘a qiladi.
2019-yil 20-noyabr kuni “Hukmdor Usmon” serialining premyerasi bo‘ldi. Loyiha mashhur “Ertug‘rul” serialining mantiqiy davomi bo‘lib, Usmon G‘oziyning hukmronlik davri voqealarini yoritadi. Serial olti mavsum davomida tomoshabinlar e’tiborini o‘zida saqlab turishga muvaffaq bo‘ldi.
Shu yilning kuzida namoyish etilishi rejalashtirilgan yettinchi mavsum yakuniy bo‘lishi kerak edi. Biroq 2025-yil iyul oyi oxirida Burak O‘zchivit loyihani tark etgani ma’lum bo‘ldi. Oradan bir necha kun o‘tib, yettinchi mavsum butunlay bekor qilindi. Tomoshabinlar dastlab aktyorning suratga olishlardan voz kechgani haqidagi ma’lumotlarga ishonmadi. Ammo tez orada Burak sobiq hamkasblariga ko‘p yillik hamkorlik uchun minnatdorlik bildirib, endilikda ularning yo‘llari ajralganini ma’lum qildi. O‘zchivitning ketishiga asosiy sabab gonorar masalasidagi kelishmovchilik bo‘ldi. U yettinchi mavsumning har bir qismi uchun to‘rt million lira (95 ming dollarga yaqin) miqdorida haq so‘ragan, biroq prodyuserlar bu summani yuqori deb hisoblashgan. Aktyor kamroq gonorarga ishlashdan bosh tortgan va oqibatda loyiha yopilgan.
Shaxsiy hayoti
O‘zchivit 2014-yilga qadar mashhur turk jurnalistining qizi, fotomodel Jeylan Chapa bilan jiddiy munosabatda bo‘lgan, biroq Jeylanning asossiz rashki tufayli juftlik ajrashgan. Ma’lum bo‘lishicha, Jeylanning turli gumonlar sabab suratga olish maydonchasiga bostirib kelishi, ishonmasligi aktyorni asabiylashtirgan.

“Choliqushi” serialining suratga olish ishlari boshlanganda aktyor bo‘lajak rafiqasi Faxriye Evjan bilan tanishadi. “Sevgi senga o‘xshaydi” melodrammasida birgalikdagi ishtiroki vaqtida ular orasida iliq munosabatlar paydo bo‘la boshlaydi. Faxriye o‘ziga yarasha qaysar fe’l-atvorga ega bo‘lishiga qaramay, Burakga nisbatan sabrli va og‘ir-bosiq munosabatda bo‘lgan. Jurnalistlar bilan bo‘lgan suhbatda u o‘ziga yoqmagan taqdirda ham Burakning odatlariga qarshilik bildirmasligini, insonning qandayligini bilib turib tanlov qilgach, uni o‘zgartirishga urinish mantiqqa to‘g‘ri kelmasligini ta’kidlagan. O‘zchivit oradan ko‘p o‘tmay Faxriyeni ota-onasi bilan tanishtiradi va ular 2017-yilning 29-iyun kuni turmush qurishadi.

Ular 2019-yilning 13-aprelida o‘g‘il farzandli bo‘ldi va unga Karan deb ism qo‘yishdi. Shaxsiy hayotini ko‘z-ko‘z qilishni yoqtirmaydigan yosh oila farzandi dunyoga kelganidan sakkiz oy o‘tib o‘g‘lining suratini ommaga namoyish qildi. Juftlik 2023-yilning yanvar oyida yana bir o‘g‘il farzandli bo‘ldi. Chaqaloqqa Kerem deb ism qo‘yilgan.

Daromadi va dabdabali hayoti
Muvaffaqiyatli aktyorlik karyerasidan tashqari, O‘zchivit mohir fotograf hamdir. Uning fotokolleksiyalari Istanbul va Turkiyaning boshqa shaharlarida namoyish etilgan bo‘lib, uning iste’dodi va noodatiy ijodini namoyish etadi.
Faoliyati davomida aktyor katta moliyaviy muvaffaqiyatlarga erishdi. 2023-yilga kelib uning boyligi 12 million dollarga baholanmoqda. U oilasi bilan Istanbulning qoq markazidagi elita hududida joylashgan ajoyib villada yashaydi.

Burak O‘zchivit qimmatbaho avtomobillarga ega bo‘lib, uning hashamatga moyilligini aks ettiradi. Kolleksiyaning marvaridi McLaren 570 S — zamonaviy va hashamatli sportkar bo‘lib, narxi 230 ming dollarga teng. Uning avtomobillar kolleksiyasida 92 000 dollar turadigan zamonaviy va hashamatli yo‘ltanlamas — Land Rover Range Rove ham bor. Aktyor har doim mashinalarini o‘zi haydaydi.
-V-PQJw86.png)
Burakning millionlab dollarlik tashriflari
Burak O‘zchivit O‘zbekistonga ilk marta 2019-yilning fevralida kelgan edi. O‘shanda aktyor Toshkentga aynan muxlisalari bilan ziyofatda ishtirok etish uchun kelgan. Ular orasida O‘zbekistondagi nufuzli shaxslarning rafiqalari, biznes-ledilar, model biznesi vakilalari ham bo‘lgan. Xabarlarga ko‘ra, o‘z iste’dodini qadrlovchi ayollar bilan 2,5 soatlik muloqoti evaziga u 2 million turk lirasi (qariyb 380 ming dollar) pul ishlab olgan.



Aktyor O‘zbekiston unga juda yoqqanini, u yerda ko‘plab xushmuomala va mehmondo‘st kishilarni uchratgani, shu sababli albatta u yerga qaytib borishini aytgan.
Burakning O‘zbekistonga ikkinchi tashrifi 2022-yilning sentyabr oyida bo‘ldi. Turk aktyori Toshkent xalqaro kinofestivalida ishtirok etish uchun poytaxtga kelgan.

Burak O‘zchivit rasmiy tadbirlarda qatnashgani uchun oladigan gonoraridan tashqari norasmiy chiqishlari yoki suratga tushish uchun ham alohida pul oladi. Aytishlaricha, aktyor Saudiya Arabistoniga kelganida yonida o‘tirib, suratga tushish uchun videodagi qizdan 1 million dollar olgan.
Shundan so‘ng Burakning muxlislari uning pul uchun hamma narsaga tayyor ekanligini tanqid qilgan. Tomoshabinlar o‘z kumirini iste’dodi hamda muxlislariga xiyonatda ayblagan.
“Aktyor san’atga sadoqatli bo‘lib qolishi kerak, u o‘zini pulga sotiladigan tovarga aylantirmasligi kerak”, deyilgan ijtimoiy tarmoqlardagi postlarning birida.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


