Mashhurlar
“Sohibjamol va mahluq” dagi yovuz qahramon Gaston haqida badiiy film ishlanadi
Disney kompaniyasi “Sohibjamol va mahluq” multfilmidagi bosh yovuz qahramon — Gastonga bag‘ishlangan badiiy film ustida ishlamoqda. Kartina ishlab chiqishning dastlabki bosqichida va qahramonning yangi talqiniga aylanadi.
Deadline’ning yozishicha, loyiha 2017-yilda chiqqan “Sohibjamol va mahluq” remeyki bilan bog‘liq bo‘lmaydi. Filmda boshqa aktyor rol ijro etadi, syujet esa yanada sarguzasht ohangiga ega bo‘ladi.
Ssenariyni Deyv Kallahem yozmoqda — u ilgari “O‘rgimchak-odam: Koinotlar to‘ri”, “Shan-Chi va o‘n uzuk afsonasi” hamda “Godzilla Kongga qarshi” kabi filmlar ustida ishlagan. Loyiha prodyuseri — Disney va Lucasfilm bilan uzoq yillardan beri hamkorlik qilib kelayotgan Mishel Reyvan. Uning ishlari orasida “Yulduzlar jangi: Kuchning uyg‘onishi”, “Andor” va “Obi-Van Kenobi” bor.
Gaston ilk bor Disney’ning 1992-yilgi multfilmida paydo bo‘lgan. U — mag‘rur va shafqatsiz ovchi, Bellga javobsiz oshiq. 2017-yilgi badiiy remeykda bu obrazni Lyuk Evans (“Hobbit: Besh qo‘shin jangi”) ijro etgan. Butun dunyo bo‘ylab milliard dollardan ortiq daromad keltirgan muvaffaqiyatdan so‘ng, studiya Gaston haqida serial qilishni muhokama qilgan, biroq loyiha amalga oshmagan.
Filmga rejissyor hali tayinlanmagan, syujet tafsilotlari ham sir saqlanmoqda.
O‘gan yilning oktabr oyida Disney “Rapunzel” motivlari asosida badiiy film ustidagi ishlarni qayta boshlagani ma’lum bo‘ldi — unda Skarlett Yoxansson rol ijro etishi mumkin. Studiyaning so‘nggi multfilmi — “Hayvonlar shahri 2” esa 2025-yilning eng kassabop gollivud filmi bo‘ldi — bu esa yagona rekord emas.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


