Munajjimlar bashorati

Munajjimlar bashorati (10.01.2026)

munajjimlar bashorati
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

2026-yilning 10-yanvar, shanba kuni uchun munajjimlar bashorati


Qo‘y (21.03 — 20.04)

Bugun asosiy ishlarni rejaning eng old qismiga joylashtiring. Boshqalarning iltimoslarini ham ado eting, faqat me’yorida.

Buzoq (21.04 — 21.05)

Ko‘chada tasodifan eski qadrdonlardan biri bilan ko‘rishib qolishingiz kutiladi. Ayrimlar kechqurun xizmat safariga jo‘nab ketishi mumkin.

Egizaklar (22.05 — 21.06)

Eski odatingizga ko‘ra birovlar bilan hazil-huzul qilishda chegarani biling. Aks holda kimdir hazilingizni noto‘g‘ri tushunib ranjishi mumkin. Yaxshisi, ko‘proq sukut saqlang. Shunda tinch bo‘lasiz.

Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)

Kunning birinchi yarmida mayda ko‘ngilsizliklarni boshdan kechirishingiz ehtimoli bor. Bunga atrofingizni qurshab turganlarning ayrimlari sababchi bo‘ladi. Ishlaringiz, sevimli mashg‘ulotlaringizni taftishdan o‘tkazing.

Arslon (24.07 — 23.08)

Muhabbatda omadingiz chopadi. Qachonki, bir oy burun juftingizga bergan va’dangizni bajarsangiz. Salomatligingiz pand bermaydi. Bel va umurtqa pog‘ona qismlaringizni ehtiyotlang.

Parizod (24.08 — 23.09)

Garchi o‘zingizga yoqmasa-da, ish tanlashga urinmang. Shaxsiy muammolarni bartaraf etishda vaqtni ortga surmang.

Tarozi (24.09 — 23.10)

Bugun ayrim ishlarni ortga surish, dangasalikka erk berishlar o‘tmaydi. Ter to‘kib astoydil ishlashingizga to‘g‘ri keladi. Bu moliyaviy muammolar tezroq ijobiy hal bo‘lishini ham ta’minlaydi

Chayon (24.10 — 22.11)

Hatto o‘ta murakkab muammolar yo‘lingizda ko‘ndalang tursa ham aylanma yo‘llar topishga harakat qilmang. O‘zingizga bo‘lgan ishonchdan unumli foydalaning va ishning jigarini ezing.

O‘qotar (23.11 — 21.12)

Bugun oilasizlarning omadi chopadi. Romantika kun davomida sizni tark etmaydi. Nafaqat oilasizlar, balki oilali, bola-chaqalilar ham romantikadan bebahra qolmaydi.

Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)

Bugun negadir xushomadlar, soxta olqishlarga yon bera boshlaysiz. Ularning yetovida hech kimga quloq tutmaysiz, noto‘g‘ri yo‘ldan bora boshlaganingizni tan olmaysiz. Bu harakatlaringiz jamoangizda shovqinlarga sabab bo‘lishi mumkin.

Qovg‘a (21.01 — 19.02)

Ayollar, qizlarga bugun kiyim-kechakka nisbatan ishtahalarni tiyishlari tavsiya etiladi. Ortiqcha vaznga ega bo‘lib qoldingizmi? U holda diyetologga murojaat eting. Sport bilan shug‘ullanishni boshlang.

Baliq (20.02 — 20.03)

Miyangizni xunuk xayollar chirmab tashlagan. Ulardan xalos bo‘ling. Moliyaviy ahvolingiz do‘stlar va qarindoshlar yordamisiz yaxshilanmaydi. Buni ham hisobga oling.

Tepada yozilganlarga ishonish-ishonmaslik, albatta, har kimning o‘ziga havola. Lekin, bularni shunchaki o‘qishning o‘zi boshqacha….

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.