Salomatlik

Uy sharoitida kulerni qanday tozalash kerak?

picture
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

Hatto eng toza va sifatli suvdan foydalansangiz ham qurilma tizimida quyqa hosil bo‘lishi mumkin. Vaqt o‘tishi bilan bu jiddiy nosozliklarga yoki hatto qurilmaning butunlay ishdan chiqishiga sabab bo‘ladi. Daryo maqolasida bu haqda batafsil gaplashamiz.

Nima uchun kulerni tozalash kerak?

Oqar suvli kulerlar va almashtiriladigan baklajkali qurilmalar mavjud. Birinchisi suv quvuriga ulanadi, filtrlash tizimi va ultrabinafsha lampa bilan jihozlanadi. Bunday qurilmalar puxta tozalash va dezinfeksiya qilishni talab qilmaydi, filtrlarni almashtirish bilan mutaxassislar shug‘ullanadi. Baklajkali kulerlarni esa aksincha, muntazam ravishda yuvib turish zarur.

Baklajka qo‘yiladigan joyga, suv taqsimlaydigan idishga va kulerning ichki tizimiga bakteriya, chang va kir tushadi. Natijada qurilmada shilimshiq paydo bo‘ladi, bu uning ishlashiga va suv sifatiga ta’sir ko‘rsatadi.

Shuningdek, radiator, ventilyator va kulerning boshqa ichki qismlari yuzasidagi changni vaqti-vaqti bilan artib turish ham muhim. Kir qurilma ishlashini qiyinlashtirishi va qizib ketishiga olib kelishi mumkin.

Kulerni qancha vaqtda tozalash kerak?

Odatda ishlab chiqaruvchilar qurilmani har 6 oyda bir marta tozalashni maslahat beradi. Bolalar muassasalarida kulerdan foydalanish sanitariya talablariga bo‘ysunadi. Bu talablarga ko‘ra, apparatni dezinfeksiyalovchi vositalar bilan 3 oyda kamida bir marta tozalash lozim. Albatta, texnika holati va ichimlik suvi sifatiga qarab ham ish tutish mumkin. 

Kulerni qanday tozalash kerak?

1. Jo‘mraklar ostidagi suv to‘planadigan panjarani olib tashlang. Baklajka o‘rnatgichni soat miliga teskari yo‘nalishda biroz burab yeching. Har ikkala qismni oqar suvda idish yuvish vositasi bilan yuvib, to‘liq quriting.

Как почистить кулер для воды в домашних условиях: вымойте каплесборник и бутылеприёмник

2. Taqsimlash bakining holatini tekshiring. Agar u ifloslangan bo‘lsa, yumshoq gubka va iste’mol sodasi bilan tozalab, nam lattada artib tashlang. Sovun yoki boshqa ko‘pikli mahsulotlardan foydalanmang, chunki ularni ketkazish qiyin bo‘ladi.

Очистите распределительный бак

3. Kulerning orqa qopqog‘idagi boltlarni bo‘shating. Ventilyator, radiator, sim, quvur va boshqa ichki qismlarni changdan tozalang. Buning uchun changyutgich, yumshoq cho‘tka yoki lattadan foydalaning.

Как почистить кулер для воды в домашних условиях: удалите пыль4. Ingichka uzun cho‘tka yordamida jo‘mraklarning naylari va teshiklarini tozalang.

5. Kuler ichini tozalash uchun eritma tayyorlang. Kulerlar uchun mo‘ljallangan maxsus dezinfeksiyalovchi vosita bo‘lsa yanada yaxshi, uni qadoqdagi ko‘rsatmalarga binoan suyultiring. Yoki 100 gramm limon kislotasini 3-5 litr sovuq suvda yaxshilab eritsangiz ham bo‘ladi.

6. Tayyorlangan aralashmani taqsimlash idishiga quying.

Залейте смесь в бак

7. Navbatma-navbat jo‘mraklardan va drenaj teshiklaridan suv oqizing. Bu jarayon tizimdagi ortiqcha havoni chiqarib yuborishga yordam beradi. Oqib tushgan suvni yana taqsimlash bakiga qayta quyishingiz mumkin.

Как почистить кулер для воды в домашних условиях: слейте раствор

8. Kranlar va drenaj teshiklari yaxshi yopilganiga ishonch hosil qiling. Kulerni elektr tarmog‘iga ulang va suv to‘liq isigunicha kuting. Indikator o‘chgach, vilkani rozetkadan uzing. Eritmani tizim ichida 5—6 soatga qoldiring. Xavfsizlik maqsadida kulerdan foydalanish mumkin emasligi haqida ogohlantiruvchi yozuv yopishtirib qo‘ying.

9. Belgilangan vaqt o‘tgach, har bir jo‘mrakdan, so‘ngra drenaj teshiklaridan eritmani navbatma-navbat to‘kib tashlang. Uni tizimdan to‘liq chiqarish uchun kulerni sekin-asta u yoqdan-bu yoqqa chayqating. Drenaj teshiklarini yoping.

Как почистить кулер для воды в домашних условиях: слейте раствор

10. Taqsimlash baki orqali rezervuarni toza sovuq suv bilan to‘ldiring. Suvni avval jo‘mraklardan, keyin esa drenaj teshiklaridan navbatma-navbat to‘kib tashlang. Yuvish jarayonini yana 1-2 marta takrorlang. Bu kulerni dezinfeksiyalovchi vosita qoldiqlaridan to‘liq tozalash imkonini beradi.

11. Kulerning orqa qopqog‘ini joyiga qo‘yib, boltlarini mahkamlang. Suvli baklajkani o‘rnating va qurilmani ishga tushiring.

Kulerni qanday qilib toza saqlash kerak?

  • Har safar suv idishini almashtirishdan oldin qo‘llaringizni sovun bilan yuving. Yangi idishni o‘rnatishdan avval baklajka o‘rnatgich va suv taqsimlash bakini quruq, toza latta bilan artib oling.
  • Yangi idishning og‘zini nam latta yoki spirtli salfetka bilan arting.
  • Haftada bir marta suv to‘planadigan panjara va baklajka o‘rnatgichni olib, idish yuvish vositasi bilan yuving. Jo‘mrak teshiklarini muntazam ravishda toza latta bilan artib turing.
  • Idishga oddiy vodoprovod suvini quymang. Bu kulerda ko‘p miqdorda quyqa va boshqa kirlar to‘planishiga olib kelishi mumkin.
Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.