Buxoro yangiliklari
Buxoroda voyaga yetmagan qiz “samosud” qilindi. IIB vaziyatga oydinlik kiritdi
2026-yilning 8-yanvar kuni kechki soat 18:00 lar atrofida Telegram ijtimoiy tarmoqlarida “Qizlar 3 kishi bo‘lib bittasini samosud qildi” sarlavhasi ostida voyaga yetmaganlar o‘rtasida sodir bo‘lgan janjal aks etgan videolavha keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Holat yuzasidan Buxoro viloyati Ichki ishlar organlari tomonidan zudlik bilan o‘rganish ishlari boshlab yuborildi. Bu haqda tashkilot Axborot xizmati xabar qilmoqda.
Dastlabki tekshiruvlar natijasida ma’lum bo‘lishicha, voqea 2026-yil 7-yanvar kuni soat 09:00 lar atrofida Buxoro shahridagi Favvoralar maydoni yaqinida joylashgan Muhammad Iqbol ko‘chasida sodir bo‘lgan. Janjalga 2009-yilda Shofirkon tumanida tug‘ilgan voyaga yetmagan K. Z. hamda 2008-yilda G‘ijduvon tumanida tug‘ilgan voyaga yetmagan B. O. o‘rtasida avvaldan mavjud bo‘lgan kelishmovchiliklar sabab bo‘lgani aniqlangan.
Janjal davomida 2005-yilda G‘ijduvon tumanida tug‘ilgan N. Sh. va 2005-yilda Shofirkon tumanida tug‘ilgan T. S. ham faol ishtirok etib, voyaga yetmagan B. O. bilan birgalikda K. Z.ga turli darajadagi tan jarohatlari yetkazgani qayd etildi.
Mazkur holat 2004-yilda Vobkent tumanida tug‘ilgan M. S. tomonidan videotasvirga olingan bo‘lib, ushbu video keyinchalik 2008-yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan B. O. tomonidan Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi shaxsiy sahifasiga joylangan.
Shuningdek, tergovga qadar o‘tkazilgan tekshiruvlar davomida janjalda ishtirok etgan shaxslarning ilgari ham bir nechta shunga o‘xshash janjalli holatlarga aloqador bo‘lgani aniqlangan. Mazkur holatlar yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar tekshiruv yakuniga ko‘ra taqdim etilishi ma’lum qilindi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


