Buxoro yangiliklari
Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasidagi texnologik jarayonlar avtomatlashtirildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 28-apreldagi 4699-sonli “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq, “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev topshirig‘i bilan tizim tashkilotlarida avtomatlashtirilgan tezkor dispetcherlik boshqaruv tizimini (ASODU) joriy qilishda “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqildi.
Shundan kelib chiqib, jamiyat tasarrufidagi barcha ishlab chiqarish korxonalarining syex va qurilmalari bosqichma-bosqich markaziy dispetcherlik xizmatiga ASODU tizimi joriy qilinib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatuv imkoniyati yaratilmoqda.
Ushbu tizimning yo‘lga qo‘yilishi orqali texnologik jarayonlarning barcha parametrlari – sarf, sath, bosim, harorat va boshqalar yagona animasion ko‘rinishda mnemosxemalarga yig‘ilib, bir vaqtning o‘zida sodir bo‘lgan jarayonlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatib boriladi.
Ayni paytda Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasida ham avtomatlashtirilgan tezkor dispetcherlik boshqaruv tizimini (ASODU) joriy qilish ishlari muvaffaqiyatli yakunlandi. Ushbu ishlar “O‘zbekneftgaz” AJ ning Ishlab chiqarishni texnik tartibga solish departamenti, Metrologiya va avtomatlashtirish mutaxassislari boshchiligida boshqarma Metrologiya xizmati va pudratchi tashkilot mutaxassislari bilan hamkorlikda bajarildi.
Mazkur tizimni yo‘lga qo‘yish orqali zamonaviy elektron vositalardan foydalangan holda, boshqarmadagi jarayonlarni sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarish nazarda tutilgan. Endilikda boshqarmadagi texnologik jarayonlarning barcha parametrlari va muhim ma’lumotlari yagona animasion ko‘rinishda mnemosxemalarga yig‘iladi va bir vaqtning o‘zida jarayonlarni kuzatish imkoniyati yaratiladi. Ushbu tizim o‘z navbatida shaffoflikni ta’minlaydi hamda inson omilini kamaytiradi.
Foto: “O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi