Buxoro yangiliklari

Yepropa mamlakatlarida qonuniy ishlashni xohlovchilar uchun 12-yanvar kuni mehnat yarmarkasi o‘tkaziladi

pic
Foto: Buxoroisharif.uz (SI)

Loading

Xorijiy davlatlarga ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar diqqatiga!

Migratsiya agentligi va litsenziya asosida qonuniy faoliyat yuritayotgan xususiy bandlik agentliklari hamkorlikda Buxoro shahrida xorijning rivojlangan davlatlariga ishlash istagida bo‘lgan buxoroliklar uchun mehnat yarmarkasi tashkil etadi.

Bunda xususiy bandlik agentliklari o‘zlarida mavjud Rossiya, Germaniya, Latviya, Polsha, Slovakiya, Xorvatiya va boshqa Yevropa davlatlaridagi bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etishadi. Unda Siz xorijiy ish beruvchi korxonalarning talab va takliflari asosan ro‘yxatdan o‘tib, xorijga ketish imkoniyatiga ega bo‘lasiz!

Mazkur mehnat yarmarkasi joriy yilning 12-yanvar, dushanba kuni soat 09:00 dan boshlab Buxoro shahridagi Kasbiy ko‘nikmalar markazi binosida o‘tkaziladi.

Manzil: Buxoro shahri, Piridastgir ko‘chasi, 13-uy.

Joylashuv lokatsiyasi: https://maps.app.goo.gl/7RH5B7YrT6rJnjBj6.

Mo‘ljal: 5-mikrorayondagi “Korzinka 3” do‘koni ro‘parasida.

Murojaat uchun raqamlar: (+998) 65-226-56-99,  (+998) 93-966-99-59.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.