Islom
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Tavba qiluvchi kishi Allohning suygan qulidir”
Tavbaning vojibligi oyat va hadislarda bayon qilingan. Basirati, ya’ni, idrok va zehn quvvati ochilgan kishiga bu narsa kunday ravshan.
Alloh taolo Qur’oni Karimda “Barchalaringiz Allohga tavba qilinglar, ey mo‘minlar! Shoyadki (Shunda) najot topsangizlar” deb marhamat qiladi. (Nur surasi, 31-oyat).
Bu ilohiy amr hammaga qarata aytilgan. Alloh taolo shunday marhamat qiladi.
يأيها الذين آمنوا توبوا إلى الله توبة نصوحا
“Ey mo‘minlar, Allohga xolis tavba qilinglar”. Oyatdagi “nasux” so‘zining ma’nosi: “Xolis Alloh taolo uchun”, “shubhalardan xoli bo‘lib”, deganidir (Tahrim surasi, 8-oyat).
Alloh taoloning ushbu so‘zi tavbaning fazilatiga ochiq dalolat qiladi:
“Albatta Alloh tavba qiluvchilarni va o‘zlarini mudom pok tutuvchilarni sevadi” (Baqara surasi, 222-oyat).
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam shunday marhamat qiladilar. “Tavba qiluvchi kishi Allohning suygan qulidir. Gunohdan tavba qilar ekan, go‘yo u gunohi yo‘q kishi kabidir” dedilar (Ibn Moja rivoyati).
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam muborak hadislarida shunday marhamat qiladilar: “Mo‘min bandasining tavbasi Allohni ko‘proq quvontiradi. Yonida ulovi, ulovida taomi va suvi bo‘lgan bir yo‘lovchi qo‘rqinchli, xavf-xatarga boy, notanish bir joyda to‘xtadi. Safar davomida horib-charchagani bois o‘sha yerda ozgina mizg‘idi. Uyg‘onib qarasa, yonida ulovi yo‘q. Ulovini rosa izladi. Borgan sari kun qizib, tashnalik ichini yondirardi.
“- Allohning xohlagani bo‘ldi, endi joyimga qaytib, o‘sha yerda bo‘lay. Balki, ko‘zim ilinib, uyquda jonim chiqqanini sezmay qolarman”, dedi o‘ziga o‘zi.
Keyin boshini bilagiga qo‘yib, go‘yoki jon taslim qilishga hozirday bir holatda yotdi. Bir payt uyg‘onib qarasa, ne ko‘z bilan ko‘rsinki, yo‘l ozig‘i va suvlari ortilgan ulovi qarshisida turardi. Shunday paytda ulovini topgan kishining quvonchi qanchalik kuchli, samimiy bo‘ladi. Mo‘min bandasi qilgan tavbadan Alloh taoloning quvonchi bundanda kuchliroqdir” (Muttafaqun alayh).
Muallif: Boboqulov Sayfiddin, Peshku tumani “Malishoyak” jome’ masjid imom-xatibi.
Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


