Islom
1 yoshgacha soch olinmaydi: bu odat Islomda joizmi yoki bid’at?
Savol: Bizda bir odat bor, chaqaloq 1 yoshga to‘lmaguncha sochini oldirishmaydi. 1 yoshdan keyin sochi olinadi. Bu odatga dinimiz nima deydi?
Javob: Bismillahir Rohmanir Rohim. Tug‘ilgan bola o‘g‘il yoki qiz ekanidan qat’iy nazar 7 kunlik bo‘lganda, sochini oldirish va sochining vazni miqdorida kumush (yoki uning qiymatini) sadaqa qilish Payg‘ambarimiz alayhissalom o‘rgatgan sunnatlardan va islom shiorlaridan hisoblanadi.
Abu Amr ibn Abdulbarr rahimahulloh: “Aqiqa vaqtida bolaning sochini olishni ulamolar mustahab sanaganlar,” deb aytgan.
Samura raziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Payg‘ambarimiz alayhissalom aytadilar: “Har bir bola aqiqasi bilan garovlangandir. Yettinchi kunida uning nomidan jonliq so‘yiladi. O‘sha kunda ism qo‘yiladi va sochi olinadi” (Imom Ahmad, Termiziy, Nasoiy va Abu Dovudlar rivoyati).
Shunga ko‘ra bir yilgacha chaqaloqning sochini olmaslik Payg‘ambarimiz alayhissalomning sunnatlariga muvofiq emas. Shar’iy qoidaga ko‘ra, agar urf-odatlar shariat ko‘rsatmalariga xilof bo‘lsa, uni tark qilinadi. Vallohu a’lam.
Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


