Buxoro yangiliklari

“Afrosiyob” chiptalari nega aynan hozir qimmatlashdi? Sababi ochiqlandi

photo
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

“Afrosiyob” chiptalari qimmatlashadi: yuqori tezlikdagi poyezdlarda yangi narxlar e’lon qilindi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ (UTY) da olib borilayotgan islohotlar doirasida yo‘lovchi tashish sohasida bozor tamoyillariga asoslangan tarif siyosati bosqichma-bosqich joriy etilmoqda. Natijada yuqori tezlikdagi poyezdlarda chipta narxlariga navbatdagi o‘zgarishlar kiritildi.

UTY ma’lumotiga ko‘ra, 2026-yil 1-fevraldan boshlab yuqori tezlikda harakatlanuvchi Afrosiyob elektropoyezdlari uchun chipta narxlari 15% ga oshiriladi.

Narxlar oshirilishiga bir qator omillar sabab qilib ko‘rsatilmoqda. Jumladan, elektropoyezdlarga texnik xizmat ko‘rsatish va ehtiyot qismlar xarajatlarining ko‘payishi, elektr energiyasi va ekspluatatsiya xarajatlarining oshishi, harakat xavfsizligini to‘liq ta’minlash, shuningdek, xalqaro standartlar darajasida xizmat ko‘rsatishni davom ettirish zarurati ta’kidlangan. Bundan tashqari, infratuzilmani saqlash va doimiy modernizatsiya qilish ishlari ham tariflar qayta ko‘rib chiqilishiga ta’sir qilgan.

“Afrosiyob” elektropoyezdlari uchun yangi chipta narxlari

Toshkent — Buxoro yo‘nalishi:

  • VIP — 1 138 000 so‘m
  • Biznes — 760 000 so‘m
  • Ekonom — 509 000 so‘m

Toshkent — Qarshi yo‘nalishi:

  • VIP — 976 000 so‘m
  • Biznes — 642 000 so‘m
  • Ekonom — 429 000 so‘m

Toshkent — Samarqand yo‘nalishi:

  • VIP — 709 000 so‘m
  • Biznes — 455 000 so‘m
  • Ekonom — 311 000 so‘m

Shuningdek, “Sharq”, “Nasaf” va “O‘zbekiston” yo‘lovchi poyezdlari chiptalari ham 15% ga qimmatlashgani ma’lum qilindi.

Eslatib o‘tilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-oktabrdagi PQ-329-son qaroriga muvofiq, 2024-yil 1-yanvardan boshlab yuqori tezlikdagi va tezyurar poyezdlarda yo‘lovchi tashish tariflarini davlat tomonidan tartibga solish amaliyotidan voz kechilgan. Endilikda ushbu tariflar bozor mexanizmlari asosida shakllantirilmoqda.

Mutasaddilar mazkur o‘zgarishlar poyezdlar harakati xavfsizligi, xizmat sifati va infratuzilmaning barqaror ishlashini ta’minlashga qaratilganini ta’kidlamoqda.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.