Munajjimlar bashorati
Munajjimlar bashorati (18.01.2026)
2026-yilning 18-yanvar, yakshanba kuni uchun munajjimlar bashorati
Qo‘y (21.03 — 20.04)
Yaqindagina qo‘l siltab ketgan ishlaringiz bugun baroridan kelishi kutilmoqda. Demak, azaliy rejalar ham havoda qolib ketmaydigan bo‘ldi
Buzoq (21.04 — 21.05)
Muhabbatda kamroq asabiylashing. Muammo birgina asab buzilishi bilan hal bo‘lib qolmaydi.
Egizaklar (22.05 — 21.06)
Bugun xarajatlar kuni shekilli. Kunning birinchi yarmidayoq oila, ro‘zg‘or uchun ancha-muncha buyumlar xarid qilishingiz kutiladi.
Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)
Muammolarni zudlik bilan bartaraf etish uchun qarindoshlarga murojaat eting. Boshingizdan o‘tayotgan har bir hodisaga aql bilan yondashing.
Arslon (24.07 — 23.08)
Moliyaviy masalada omadingiz yurisha qolmasligi kutiladi. Bunday vaziyatlarda ehtiyotsizlik qilib qo‘yishdan saqlaning.
Parizod (24.08 — 23.09)
Kun davomida sizga serdaromad ish taklif etishlari mumkin. O‘ylab ham o‘tirmang, darrov rozilik bildiring.
Tarozi (24.09 — 23.10)
Tuyg‘ular, emotsiyani jilovdan qo‘yib yubormang, aks holda ba’zi masalalarda muvaffaqiyatsizlikka uchrashingiz mumkin.
Chayon (24.10 — 22.11)
Kimlardir sizni chuv tushirishga urinib ko‘rishi mumkin. O‘zingizga mahkam bo‘ling! Kuningiz ancha og‘ir kechishi kutiladi.
O‘qotar (23.11 — 21.12)
Bugun barcha muammolar xamirdan qil sug‘urgandek oson bitishi kutilmoqda.
Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)
Ro‘zg‘or kemtiklarini to‘ldirishda bardoshli bo‘ling. Kechqurun hech kimdan qarz olmang.
Qovg‘a (21.01 — 19.02)
Yangi rejadagi ishlarga xalal bermasligi uchun ilgari chala qolgan yumushlarni yakunlab olishingiz tavsiya qilinadi.
Baliq (20.02 — 20.03)
Kasalxonaga tushib qolishni xohlamasangiz, salomatlikni jiddiy nazorat qiling. Surunkali xastaliklar kunning ikkinchi yarmida qaytalanishi mumkin.
Tepada yozilganlarga ishonish-ishonmaslik, albatta, har kimning o‘ziga havola. Lekin, bularni shunchaki o‘qishning o‘zi boshqacha…
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


