Salomatlik
Ish joyini o‘zgartirish vaqti kelganining 5 ta belgisi
Yangi yil ko‘pincha yangi reja va qarorlar bilan boshlanadi. Ko‘pchilik bu davrda hayotini, jumladan, ish faoliyatini ham o‘zgartirish haqida o‘ylaydi. Biroq mutaxassislar ish joyini aynan yanvar oyida almashtirish shart emasligini ta’kidlaydi. Agar hozirgi ishingiz sizni qoniqtirsa, shoshilmaslik mumkin. Ammo ayrim belgilar borki, ular faoliyatingizni qayta ko‘rib chiqish va yangi yo‘l izlash vaqti kelganidan darak beradi. Daryo shular haqida yozmoqda.
1. Dam olishdan keyin ham charchoq ketmasa
Ish haftasidan keyin toliqish tabiiy holat. Ammo hatto dam olish kunlaridan so‘ng ham o‘zingizni holdan toygan his qilsangiz, ertalab ishga borish siz uchun majburiyatga aylanib qolgan bo‘lsa, bu jiddiy signal. Ruhiy va jismoniy charchoq doimiy tus olsa, o‘zingizga halol savol bering: bu ish sizga rostdan ham quvonch keltiryaptimi?
2. Kasalliklar tez-tez takrorlana boshlasa
Mavsumiy shamollashlar oddiydek tuyulishi mumkin. Biroq kasalliklar tez-tez qaytalanib, tiklanish jarayoni cho‘zilsa, bunga doimiy stress va ortiqcha ish yuklamasi sabab bo‘layotgan bo‘lishi mumkin. Organizm bunday holatda “to‘xtang” degan signal yuboradi. Bu paytda ish sharoitlarini yengillashtirish yoki yangi variantlarni ko‘rib chiqish foydali.
3. Ish zerikarli va ma’nosiz tuyula boshlasa
Har qanday ishda zerikarli vazifalar bo‘ladi. Ammo agar kuningiz faqat vaqt “o‘tkazish” bilan o‘tayotganini sezsangiz, qilayotgan ishingiz sizni ilhomlantirmasa, bu ichki qoniqish yo‘qolganidan dalolat. Rivojlanish va o‘sish hissi bo‘lmagan joyda uzoq qolish qiyin.
4. Sizning qadriyatlaringiz kompaniya qarashlariga mos kelmasa
Ba’zan ish joyidagi madaniyat va qarashlar shaxsiy tamoyillaringizga zid bo‘lishi mumkin. Agar bu masala rahbariyat bilan muloqotdan keyin ham hal bo‘lmasa va ichki norozilik kuchayib boraversa, demak, siz o‘zingizni begona muhitda his qilyapsiz. Bu esa uzoq muddatda ruhiy bosimni kuchaytiradi.
5. Jamoada sog‘lom muhit bo‘lmasa
Hazil-mutoyiba va norasmiy suhbatlar har qanday jamoada uchraydi. Ammo shaxsiy chegaralaringiz doimiy buzilsa, g‘iybat, bosim yoki noxush munosabatlar sizni charchatayotgan bo‘lsa, bu jiddiy ogohlantirishdir. Bunday vaziyatda yangi imkoniyatlar izlash o‘zingizni asrashning bir ko‘rinishi bo‘lishi mumkin.
Xulosa qilib aytganda, ish joyini o‘zgartirish — bu shunchaki yangi yil qarori emas, balki o‘zingizni tinglash masalasidir. Agar yuqoridagi belgilar sizga tanish bo‘lsa, balki hayotingizda yangi bosqichni boshlash vaqti kelgandir.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


