Munajjimlar bashorati

Munajjimlar bashorati (21.01.2026)

munajjimlar bashorati
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

2026-yilning 21-yanvar, chorshanba kuni uchun munajjimlar bashorati

Qo‘y (21.03 — 20.04)

Juftingiz, tanlaganingiz bilan rasmiy ohangda gaplashmang, munosabatlarga putur yetishi mumkin.

Buzoq (21.04 — 21.05)

Barcha yo‘llar ochiq, muvaffaqiyat va omad siz tomonda. Lekin juftingiz arzimas gapga ham arazlab qolaveradigan bo‘lsa, u bilan juda ehtiyotkorlikda muloqot qiling.

Egizaklar (22.05 — 21.06)

Telefoningizga juda muhim xabar kelib tushishi mumkin. Biroq bu xabarga e’ribor bermang, u Sizga foyda bermaydi.

Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)

Ishxonangizda ishlarning oxiri ko‘rinmaydi. Ammo Siz barchasini ko‘ngildagidek uddalay olasiz.

Arslon (24.07 — 23.08)

Moliyaviy masalada omadingiz kelmaydigan ko‘rinadi. Shuning uchun tejamkorlikka alohida e’tibor qarating.

Parizod (24.08 — 23.09)

Ro‘zg‘ordagi kemtiklarni to‘ldirish yo‘lidagi ishlar baroridan keladi. O‘zingizni ehtiyot qiling.

Tarozi (24.09 — 23.10)

Tafakkuringizga suyangan holda xayrli harakatlarni sodir etishdan to‘xtamang. Shaxsiy hayotingiz inshoolloh osuda, sokin va qiziqarli kechadi.

Chayon (24.10 — 22.11)

Siz ish joyingizdagi bajarilishi zarur bo‘lgan barcha yumushlarni qoyillatib bajarib bo‘lgansiz. Endi nafas rostlashga, salomatlik haqida qayg‘urishga haqlisiz

O‘qotar (23.11 — 21.12)

Tez fursatda do‘ndirishingiz kerak bo‘lgan ishlar qalashib yotibdi. Shuning uchun bo‘lar-bo‘lmas yumushlarga vaqt ajratib ovora bo‘lmang.

Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)

Kunning birinchi yarmida qiziqarli uchrashuvni boshdan kechirishingiz kutiladi.

Qovg‘a (21.01 — 19.02)

O‘zingizni yaxshi tuting, har bir gapingizdan madaniyatlilik, estetika ufurib tursin. Xotirjamligingizni izdan chiqarmoqchi bo‘lganlarga qarshi mardona kurashing.

Baliq (20.02 — 20.03)

Bugun shaxsiy sirlaringiz, ayniqsa, moliyaviy sirlaringizni duch kelganga so‘zlayverishdan tiyiling.


Tepada yozilganlarga ishonish-ishonmaslik, albatta, har kimning o‘ziga havola. Lekin, bularni shunchaki o‘qishning o‘zi boshqacha…

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.