Buxoro yangiliklari

Buxoro shahrining markaziy ko‘chalari – Ibrohim Mo‘minov va Navoiy shoh ko‘chalari kesishmasida zamonaviy mehmonxonalar majmuasi barpo etiladi

pic

Loading

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro shahrining markaziy qismida — Ibrohim Mo‘minov ko‘chasi va Navoiy prospekti hududida ayrim ma’muriy binolarni rekonstruksiya qilish, qisman yoki to‘liq buzish masalasi muhokama qilinayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda.

Gap davlat va boshqa tashkilotlar joylashgan yirik binolar haqida bormoqda. Ular orasida kasaba uyushmasi, qozonxona hamda aholi orasida “arxitektura” deb ataladigan bino mavjud bo‘lib, unda bir nechta muassasa va xizmatlar faoliyat yuritadi.

Bu borada Buxoro shahar hokimligidan Buxoroisharif.uz tahririyati rasmiy izoh oldi.

Buxoro shahrida tarixiy-me’moriy merosni asrash, shu bilan birga zamonaviy shaharsozlik va turizm infratuzilmasini rivojlantirish yo‘nalishida izchil ishlar olib bormoqda. Ayni vaqtda shahar hududidagi “Nizomiy Ganjaviy” mahallasida joylashgan, o‘z faoliyatini tugatgan yoki zamonaviy talablarga javob bermaydigan ayrim davlat mulki hisoblangan binolarni belgilangan tartibda demontaj qilish ishlari amalga oshirilmoqda.

Ular o‘rnida  jahon brendiga aylangan zamonaviy mehmonxonalar majmuasi barpo etilishi rejalashtirilgan. Loyiha Buxoro shahrining turistik salohiyatini yanada oshirish, xalqaro sayyohlar oqimini ko‘paytirish, shahar infratuzilmasini yaxshilash hamda umumiy arxitektura qiyofasiga zamonaviy va estetik ko‘rk bag‘ishlashga qaratilgan.

pic 02

Bundan tashqari, ushbu loyiha amalga oshirilishi natijasida yuzlab yangi ish o‘rinlari yaratilishi, xizmat ko‘rsatish sohasida raqobat muhiti kengayishi, mahalliy aholi bandligi va shahar iqtisodiyotiga qo‘shimcha daromad manbalari shakllanishi kutilmoqda.

Shu o‘rinda alohida qayd etish lozimki, barcha qurilish va demontaj ishlari tegishli mutaxassislar xulosalari, vakolatli idoralarning ruxsatnomalari hamda amaldagi qonunchilik normalari asosida olib borilmoqda. Shuningdek, ushbu hududda fuqarolarga tegishli turar-joy binolari, tarixiy yoki madaniy qimmatga ega bo‘lgan obyektlar mavjud emas. 

pic 03

Buxoro shahri hokimligi jamoatchilik fikriga hurmat bilan yondashgan holda, kelgusida ham bu kabi loyihalar bo‘yicha aholini o‘z vaqtida xabardor qilish va ochiq muloqot olib borishni davom ettiradi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.