Munajjimlar bashorati
Munajjimlar bashorati (02.02.2026)
2026-yilning 2-fevral, dushanba kuni uchun munajjimlar bashorati
Qo‘y (21.03 — 20.04)
Shubhali ishlardan, vaziyatlardan saqlaning. O‘zingizga haddan ziyod ishonib yubormang.
Buzoq (21.04 — 21.05)
Oilada qaysarlik, injiqlik, ko‘p tanqid qilish kabi odatlarni chetga surib qo‘ya olsangiz, yaqinlaringiz bilan munosabatlaringizga putur yetmasdi.
Egizaklar (22.05 — 21.06)
Moliyaviy masalada omadingiz haddan tashqari zo‘r bo‘lib ketmasa-da, fojia ham yuz bermaydi. Har holda katmoningizda pul bo‘ladi.
Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)
Ehtiyotkorliklarsiz aytilgan bir nojo‘ya so‘z ham kim bilandir orangizga qorong‘ulik solib qo‘yishi hech gap emas.
Arslon (24.07 — 23.08)
Odamlar bilan gaplashganda, g‘ururni chetga surib qo‘yganingiz ma’qul. Oilada ham og‘ir-bosiqlik bilan ish ko‘ring.
Parizod (24.08 — 23.09)
Asosiy ishni unutib qo‘ymang, aks holda mukofotdan quruq qolasiz. Qarindoshlar bilan muloqotda bardoshli bo‘ling.
Tarozi (24.09 — 23.10)
Erkakmisiz, ayolmisiz, baribir soxta xushomad, ko‘ngil izhorlaridan saqlaning, yog‘li taomlardan yuz buring va ko‘proq piyoda yuring.
Chayon (24.10 — 22.11)
Buguningiz astoydil ter to‘kib, chin ko‘ngildan ishlasangizgina omadli kechadi.
O‘qotar (23.11 — 21.12)
Ilgari birgina so‘z natijasida oson til topisha olganlar bilan bugun sen-menga borib qolishingiz xavfi bor. Xoynahoy, bunga yo sizdagi, yo o‘sha odamlardagi noxush kayfiyat sabab bo‘lishi mumkin.
Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)
Shaxsiy hayotda xotirjamlik hukm surishini ta’minlang. Bu kelgusida o‘z mevasini beradi albatta.
Qovg‘a (21.01 — 19.02)
Hasaddan yiroq bo‘ling. Hasad butun boshli dunyolarni yiqitishga qodir. Shunday ekan, undan qoching.
Baliq (20.02 — 20.03)
Yangi uyga ko‘chib o‘tish, kasbni o‘zgartirish bugun muvaffaqiyat keltiradi.
Tepada yozilganlarga ishonish-ishonmaslik, albatta, har kimning o‘ziga havola. Lekin, bularni shunchaki o‘qishning o‘zi boshqacha…
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


