Salomatlik
Qon bosimini tushiradigan 4 oddiy mahsulot
Gipertoniya yurak-qon tomir tizimi kasalliklari bilan xastalangan kishilarning o‘limiga sabab bo‘luvchi asosiy sabablardan biri hisoblanadi. Gipertonik odamlar quloqdagi shovqin, ko‘z ostidagi dog‘lar va boshdagi og‘irlik hissi nima ekanini juda yaxshi bilishadi. Bunday holatda nafaqat maxsus dori-darmonlar, balki to‘g‘ri tuzilgan menyu ham vaziyatni yengillashtirishga yordam beradi. Quyida qon bosimi tez-tez oshib turadigan bemorlar iste’mol qilishi tavsiya qilinadigan mahsulotlar haqida Daryo ma’lumot beradi.
Yog‘siz tvorog
Ushbu foydali mahsulot biroz ko‘proq iste’mol qilinsa ham qomatga zarar yetkazmaydi, yurak faoliyatini normallashtiradi, qon tomirlarini kengaytiradi hamda kaltsiy, magniy va kaliyga boy hisoblanadi. Eng yaxshi natijaga erishish uchun yog‘siz tvorogni muntazam ravishda iste’mol qilish kerak. Masalan, kuniga 100 gr miqdor yetarlidir.
Qizil bulg‘or qalampiri
Qizil bulg‘or qalampiri gipertoniklar uchun foydali mahsulotlardan biri hisoblanadi. Uning tarkibida kaliy va magniy ko‘p bo‘lib, bu moddalar qon bosimini me’yorlashtirishga yordam beradi hamda yurak faoliyatini yaxshilaydi. Shuningdek, qalampir yurak-qon tomir tizimini mustahkamlovchi C vitamini va antioksidantlarga boy.
Bulg‘or qalampiri tomirlarni kengaytiruvchi xususiyatga ega bo‘lib, qon aylanishini yaxshilaydi. Shu bilan birga, u kam kaloriyali va tolaga boy mahsulot bo‘lib, ortiqcha vaznning oldini olishga yordam beradi, bu esa gipertoniya xavfini kamaytiradi.
Biroq qalampirni haddan tashqari iste’mol qilish oshqozon-ichak muammolarini keltirib chiqarishi mumkin, shuning uchun uni me’yorida yeyish tavsiya etiladi. Kunlik optimal miqdor — kuniga 2 donadir.
Losos balig‘i
Losos balig‘i gipertoniklar uchun juda foydali hisoblanadi. Uning tarkibidagi omega-3 yog‘ kislotalari qon tomirlarini mustahkamlab, ularning elastikligini oshiradi va yallig‘lanish jarayonlarini kamaytiradi. Bu yurak-qon tomir tizimi faoliyatini yaxshilashga va qon bosimini me’yorida ushlashga yordam beradi.
Bundan tashqari, lososda oqsil va muhim aminokislotalar mavjud bo‘lib, ular yurakni mustahkamlash va organizmni energiya bilan ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Bu baliqning tarkibida zararli xolesterin miqdori past bo‘lib, yurak va qon tomirlar uchun xavfsizroq mahsulot hisoblanadi.
Gipertoniklar lososni qaynatilgan, bug‘da tayyorlangan yoki pishirilgan holda, , haftasiga 3 marta 100-150 grammdan iste’mol qilishlari tavsiya etiladi.
Suli yormasi
Suli yormasi tarkibida organizm uchun muhim mikroelementlardan biri bo‘lgan selen mavjud. Ushbu modda kuchli antioksidant xususiyatga ega bo‘lib, yurak-qon tomir tizimini himoya qiladi va gipertoniyaning oldini olishda muhim rol o‘ynaydi.
Selen qon tomirlarining elastikligini oshirishga yordam berib, qon bosimini me’yorida ushlab turishga ko‘maklashadi. Shuningdek, u yurak mushaklari faoliyatini qo‘llab-quvvatlab, yurak kasalliklari xavfini kamaytiradi. Bu mikroelement immunitet tizimini mustahkamlashga ham xizmat qiladi va organizmni zararli ta’sirlardan himoya qiladi. Shifokorlar gipertoniya bilan og‘rigan bemorlarni har kuni ertalab suli yormasi yeyishni tavsiya qiladi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


