Munajjimlar bashorati

Munajjimlar bashorati (12.02.2026)

munajjimlar bashorati
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

2026-yilning 12-fevral, payshanba kuni uchun munajjimlar bashorati

Qo‘y (21.03 — 20.04)

Garchi tasodifanmi ishlaringiz yurisha qolmasa, taslim bo‘lmang, chetga chiqa ko‘rmang. Hali shaxsiy hayotingiz bilan bog‘liq muammolar bir talay.

Buzoq (21.04 — 21.05)

Kunning ikkinchi yarmida fe’li tor ba’zi qondoshlar bilan aytishib qolishingiz, natijada kayfiyatingiz bir pul bo‘lishi kutiladi.

Egizaklar (22.05 — 21.06)

Agar anchadan beri kim bilandir tanishish orzusida yurgan bo‘lsangiz, o‘sha fursat yetdi.

Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)

Iloji boricha o‘zingizni qo‘lga oling, yovvoyi istaklarni jilovlashga harakat qiling. Hamkasblar orasida to‘g‘riso‘zlilik sizga lazzat va obro‘ taqdim etadi.

Arslon (24.07 — 23.08)

Yaqindagina kim bilandir romantik munosabatlarni boshlaganlar bugun muhabbatda bir olam taassurot olasiz. Shoshma-shosharlik tufayli qaysidir masalada noto‘g‘ri qaror chiqarib qo‘ysangiz, afsuslanmang.

Parizod (24.08 — 23.09)

Bir paytlar sizga maslahat bergan-u, inkor etganingiz aslida to‘g‘ri maslahat ekanini bugun anglab yetasiz.

Tarozi (24.09 — 23.10)

Muammolaringiz siz xohlagandek ijobiy hal bo‘la qolmasa, xavotirga tushmang. Kuningiz unumli kechadi.

Chayon (24.10 — 22.11)

Ishxonada hali hech kim bilmagan iste’dodingiz oshkor bo‘lib, olqishlarga sazovor bo‘lasiz.

O‘qotar (23.11 — 21.12)

Boy tajribangiz nafaqat ishda, balki muhabbatda ham o‘z so‘zini aytadi.

Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)

Kun davomida bir ayol sizga professional kasbingiz bilan bog‘liq muammolarni ijobiy hal qilishda yaqindan ko‘mak beradi. Bu yordamni bajonidil qabul qiling.

Qovg‘a (21.01 — 19.02)

Kechqurunga yaqin yangi tanishuvlarni boshdan kechirasiz. Shu tanishuvlar sizga jiddiy muammolaringizni bartaraf etishda turtki vazifasini o‘taydi.

Baliq (20.02 — 20.03)

Juftingiz yo bo‘lg‘usi juftingizga nisbatan yanada iliqroq munosabatda bo‘ling. Yolg‘izlanib qolishdan saqlaning.


Tepada yozilganlarga ishonish-ishonmaslik, albatta, har kimning o‘ziga havola. Lekin, bularni shunchaki o‘qishning o‘zi boshqacha…

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.