O‘zbekiston
Fevral: mikroqarz va avtokreditlar qaysi banklarda arzon?
Markaziy bank Oʻzbekistonda mikroqarz va avtokreditlar boʻyicha oʻrtacha foiz stavkalarini eʼlon qildi. Hisob-kitoblar oxirgi 10 kunlik maʼlumotlarga asoslangan.
Mikroqarz stavkalari
Joriy yilning 9-fevral holatiga koʻra, banklar ajratgan mikroqarzlarning oʻrtacha foiz stavkasi 30,8 foizni tashkil etdi. Bu koʻrsatkich 12-yanvarda 32%, 6 oy avval — 2025-yil 4-avgustda esa 35,7% bo‘lgan. Ya’ni yarim yil ichida kichik miqdordagi kreditlar boʻyicha stavkalar 5% ga pasaygan.
Banklar kesimida stavkalar turlicha. Masalan, 9-fevralgacha eng yuqori foizli mikroqarzni Tenge Bank taklif qilgan — 42,6 foiz. Yana toʻqqizta bankda stavkalar 32,8–41,1 foiz oraligʻida qayd etilgan. Qolgan banklarda esa oʻrtachadan past darajada boʻlgan.

Avtokredit stavkalari
2026-yil 9-fevral holatiga koʻra, avtokreditlar oʻrtacha 23 foiz stavkada ajratilgan. 1 oy avval bu koʻrsatkich 23,2 foiz, yarim yil oldin esa 23,8 foiz edi. Demak, avtokreditlar boʻyicha ham foizlar asta-sekin pasaymoqda.
Soʻnggi 10 kunlikda eng yuqori avtokredit stavkasi 28,2 foizni tashkil etgan. 21 bankdan 14 tasida stavkalar oʻrtachadan yuqori qayd etilgan. Qolgan banklar esa kreditlarni 18–22,9 foiz oraligʻida ajratgan.

Kredit bo‘yicha ko‘rsatkichlar
Markaziy bank ma’lumotiga koʻra, oxirgi 10 kunda aholiga ajratilgan (mikroqarzdan tashqari) kreditlarning oʻrtacha foiz stavkasi 22,7 foizni tashkil etgan. Bu yarim yil avval 23,8 foiz edi.
9-fevral holatiga koʻra, korxonalar uchun kreditlar oʻrtacha 23,4 foiz stavkada berilgan. 6oy oldin mazkur koʻrsatkich 22,3 foiz boʻlgan.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


