Buxoro yangiliklari
Buxoroda bojxona toʻlovlarini chetlab o‘tishga urinish holati aniqlandi
Buxoro viloyatida bojxona to‘lovlarini kamaytirish maqsadida amalga oshirilgan navbatdagi “ayyorlik” o‘z vaqtida fosh etildi.
Viloyat bojxona boshqarmasi xodimlari “Buxoro” TIF bojxona posti hamda tovarlarni klassifikatsiyalash bo‘yicha mas’ul mutaxassislar bilan birgalikda xorijdan import qilingan yuk hujjatlarini sinchkovlik bilan tekshirgan. Hujjatlarda ko‘rsatilgan ma’lumotlar bilan TIF TN (Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi) kodlari o‘rtasida nomutanosiblik borligi gumon uyg‘otgan.
Shundan so‘ng yuk bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi. Tekshiruv natijasi esa kutilganidan ham qiziq bo‘lib chiqdi: bojxona yuk deklaratsiyasida “hayvon yog‘i” sifatida rasmiylashtirilgan mahsulot aslida sut mahsulotlaridan olinadigan “GXI yog‘i” ekanligi aniqlandi.
Ma’lumki, tovar nomini noto‘g‘ri ko‘rsatish orqali bojxona to‘lovlarini kamaytirishga urinishlar ko‘pincha aynan shunday sxemalar orqali amalga oshiriladi. Biroq bu safar urinish o‘tmay qoldi.
Natijada mazkur tovarlarga nisbatan 253 million so‘m miqdorida qo‘shimcha bojxona to‘lovlari hisoblab chiqildi. Hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Yana bir bor ayon bo‘ldiki, bojxona nazorati kuchaygan sharoitda hujjatdagi bitta noto‘g‘ri satr ham e’tibordan chetda qolmaydi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


