Munajjimlar bashorati

Munajjimlar bashorati (18.02.2026)

munajjimlar bashorati
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

2026-yilning 18-fevral, chorshanba kuni uchun munajjimlar bashorati

Qo‘y (21.03 — 20.04)

Bugun hayotning toza va sof so‘qmoqlaridangina yuring. Ular hech qachon xatoliklarga yo‘l qo‘yishingizga imkon qoldirmaydi.

Buzoq (21.04 — 21.05)

Shaxsiy hayotingiz bilan bog‘liq muammolarni iloji boricha tezroq ado etib tugatish payida bo‘lishingiz tavsiya etiladi.

Egizaklar (22.05 — 21.06)

Kunning birinchi yarmida yaqin o‘tmishingiz bilan bog‘liq bir xabar eshitasiz. Xabar rejalaringizni o‘zgartiribgina qolmay, hayotga munosabatingizni ham yangilash quvvatiga ega.

Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)

Bugun ahvolingiz oldinda sizni kutayotgan voqea-hodisalar bilan bog‘liq ekanini unutmang. Mish-mishlar, g‘iybatlar uyoqda qolib kimlardir sizga baqirishga ham jazm etmoqchi.

Arslon (24.07 — 23.08)

Siz bilan ko‘pchilik qiziqadi. Shuning uchun yangi tanishuvlarni zinhor rad etmang.

Parizod (24.08 — 23.09)

Muhabbatda oila qurmaganlar chuv tushib qolishlari mumkin. Shu qadar jiddiychasiga chuv tushasizki, buni o‘nglashning sira imkoni bo‘lmaydi.

Tarozi (24.09 — 23.10)

Agar bugun o‘zingiz uchun dam olish kuni e’lon qilgan bo‘lsangiz ham ishsiz, harakatsiz qolib ketishingiz tavsiya qilinmaydi.

Chayon (24.10 — 22.11)

Kunning ikkinchi yarmida salomatlikni tiklashga yo‘naltirilgan amallar muvaffaqiyatli kechadi. Ayniqsa, asab bilan bog‘liq xastaliklarni davolashda qulay imkoniyatlar tug‘iladi.

O‘qotar (23.11 — 21.12)

Bugun yoshi ulug‘, jamiyatdagi o‘rni ham siznikidan yuqoriroq bo‘lgan insonlar bilan bahslashmang

Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)

Shaxsiy muammolarni bartaraf etishda ortiqcha zo‘riqishga hojat yo‘q. Ular o‘z-o‘zidan yo‘qqa chiqadi.

Qovg‘a (21.01 — 19.02)

Salomatlik temirdan emas. Shuning uchun uni ehtiyotlashingiz zarur.

Baliq (20.02 — 20.03)

Moliyaviy masalada yo‘qotishlar va ko‘ngilsizliklar yuzaga kelishi kutiladi.


Tepada yozilganlarga ishonish-ishonmaslik, albatta, har kimning o‘ziga havola. Lekin, bularni shunchaki o‘qishning o‘zi boshqacha…

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.