O‘zbekiston

O‘zbekistonda ikki o‘rinli kichik samolyotlar ishlab chiqarilishi mumkin

photo
Foto: (illyustrativ foto)

Loading

O‘zbekistonda yengil samolyot ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi mumkin. Bu masala 18-fevral kuni Transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev va Vengriyaning Magnus Aircraft Zrt. kompaniyasi bosh ijrochi direktori Laszlo Boros o‘rtasidagi uchrashuvda muhokama qilindi.

Vazirlik axborot xizmatining ma’lum qilishicha, uchrashuvda kompaniya ishlab chiqarayotgan ikki o‘rinli yengil samolyotlarni O‘zbekistonda mahalliylashtirish imkoniyati ko‘rib chiqilgan. Xususan, Magnus Fusion 212 rusumidagi modelni mamlakatda ishlab chiqarish istiqbollari muhokama markazida bo‘lgan.

Mazkur samolyot kompozit materiallardan tayyorlanadi va asosan o‘quv hamda sport parvozlari uchun mo‘ljallangan. U 100–141 ot kuchiga ega dvigatel bilan jihozlanadi, maksimal tezligi soatiga 280 kilometrgacha yetadi. Uchish masofasi esa 800–1000 kilometrni tashkil etadi.

Kompaniya vakillari hozirda AQSh, Xitoy, Keniya, Nigeriya, Serbiya va Yaqin Sharq mamlakatlarida faoliyat yuritayotgani ta’kidlandi. Muzokaralar yakunida loyiha bo‘yicha texnik va iqtisodiy jihatlarni batafsil o‘rganish bo‘yicha kelishuvga erishilgani bildirildi.

Ma’lumot uchun, Magnus Aircraft Zrt. — innovatsion yengil samolyotlarni loyihalash, ishlab chiqarish va sotish bilan shug‘ullanuvchi Vengriya kompaniyasi. Uning bosh qarorgohi Pogani shahrida, Pech-Pogani xalqaro aeroporti yaqinida joylashgan bo‘lib, ishlab chiqarish maydoni qariyb 8 ming kvadrat metrni tashkil etadi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.